O‘zni tuta bilish to‘g‘risida
Hamma g‘alabalar o‘z ustingdan qozonilgan g‘alabadan boshlanadi. Haqiqiy buyuklik o‘zni tuta bilishdan iborat. O‘zni tuta bilish hayotdagi eng oliy ne’matlarning biridir. O‘zingizni tuta bilar ekansiz, hukmingiz ham buyuk bo‘ladi. Faqat dushmanlarni yenggan kishi mard bo‘lmasdan, o‘z hissiyotlaridan ustun kelgan kishi ham marddir. O‘z ruhini bo‘ysundirgan kishi shaharlarni zabt etgan kishidan ham kuchliroqdir. Hayotdagi eng birinchi va eng asosiy fazilat o‘zni tutishga harakat qilishdir. Qalbning qudratli ustivorligi mislsiz in’omdir. U bor ekan, hayotda hech narsa qo‘rqinchli emas. O‘zini yenga bilgan kishidan ko‘ra kuchliroq g‘olib yo‘q. O‘zini mardona yenga olish — men uchun har doim ongli inson faxrlansa arziydigan eng buyuk yutuqlardan biridek tuyulib keladi. O‘zini tuta biladigan kishigina erkindir. Mardlik bilak kuchida va shamshir o‘ynatish san’atida emas, mardlik o‘zni tuta bilishda va adolatli bo‘lishdadir. Inson o‘ziga-o‘zi bo‘ysunishni va o‘z qarorlariga itoat qilishni o‘rganmog‘i kerak. ziyouz.uzO‘zni tuta bilish to‘g‘risida
DO`STLARGA ULASHING:
L. M. LEONOV
F. LAFONTEN
J. PRENTIS
SENEKA
DEMOKRIT
E. XEMINGUEY
V. GUMBOLT
ARXILOX
G. BIShER
P. BOMARShE
F. ShILLER
SA’DIY
SISERON
O‘zni tuta bilish to‘g‘risida