O‘z-o‘zini anglash va burch tuyg‘usi haqida
O‘z-o‘zini anglash va burch tuyg‘usi haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Eng qiyini o‘zingni anglay bilishingdir.
FALESKishi o‘zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, xayolparastlik bilan emas, faqat faoliyatda anglashi mumkin. O‘z burchingni ado et, o‘sha zahoti o‘zingni anglaysan.
I. GYoTEInson mushohada bilan emas, balki harakatda o‘z-o‘zini anglaydi. Qilinishi lozim bo‘lgan ishga kuch-g‘ayrat sarflagandagina u o‘zining kimligini biladi.
I. GYoTEBurchingni ado etishga harakat qil, shunda darhol o‘zingning kimligingni bilib olasan.
L. N. TOLSTOYKishi o‘z qobiliyatlarini amalda tatbiq etgan taqdirdagina bilishi mumkin.
SENEKAInsonning haqiqiy fazilati kerak bo‘lgan chog‘ida, uni ish bilan ko‘rsatib, ishda isbotlagan taqdirdagina namoyon bo‘ladi.
L. FEYERBAXQalbimizning go‘zal intilishlariga, agar ular faqat intilish bo‘lib qolaverar ekan, biz hech qachon amaliy ahamiyat bermaymiz; ha, biz faqat faktlarni qadrlaymiz va faqat qilgan ishiga qarab odamlarning fazilatini belgilaymiz.
N. A. DOBROLYuBOVKo‘zga tashlanib turmagan saxovatni hech kim axtarib o‘tirmaydi.
O.BALZAKJamiyat amalda isbotlangan yaxshi fazilatlarnigina e’tirof etadi va hurmatlaydi… Kimda-kim o‘z bahosini aniq bilmoqchi bo‘lsa, uni faqat xalqdan bilishi mumkin, binobarin, o‘zini xalq hukmiga havola qilishi kerak.
K. GELVESIYEski gumanizm bunday der edi: «Sen nima bilan shug‘ullansang ham menga baribir, menga sening insonliging muhim». Sotsialistik gumanizm bunday deydi: «Agar sen hech narsa bilan shug‘ullanmasang va hech ish qilmasang, sen qanchalik aqlli va yaxshi bo‘lsang ham seni inson deyolmayman».
A. A. FADEEV…Odamga u o‘zi haqida nima deyishi yoki nima o‘ylashiga qarab emas, balki qilayotgan ishiga qarab baho beriladi.
V. I. LENINNa o‘zingizning, na birovning gapiga emas, o‘zingizning va boshqalarning ishiga ishoning.
L. N. TOLSTOYHammamizning yagona langarimiz borki, agar o‘zimiz xohlamasak, hech qachon undan yiqilmaymiz: u bizning burchimiz.
I. S. TURGENEV
O‘z burchini bajarishdan mamnun odamgina erkin yashaydi.
SISERONInsonni o‘z majburiyatlariga bog‘lab turgan burch hissi,— mayda manfaatlar ustidan g‘olib chiquvchi yuksak manfaatlarni anglab yetganidan boshqa narsa emas.
N. BENTAMBurch! Sen avj pardadagi buyuk so‘zsan… Bu shunday buyuklikki, chindan ham insonni o‘zidan ham yuksaklikka ko‘taruvchi buyuklikdir.
I. KANTBurchga sodiqlik shaxsiy manfaatlardan voz kechishni talab qiladi.
V.GYuGOKichik bo‘lsa ham har kuni biron-bir burchni ado etish — ajoyib ish.
E. DELAKRUAAdo etilgan burch ulug‘vorligidan ko‘ra zo‘rroq ulug‘vorlik yo‘q, undan zo‘rroq quvonch qam yo‘q.
E. RENANInson o‘z burchini bajarar ekan, o‘zi majburan qilayotgan ishiga muhabbat bilan qaraydi.
I. GYoTEBurchini sevmay turib, uni bajarib bo‘lmaydi.
I. A. GONChAROVMas’uliyat hissidan nur olmagan hayot aslida hech narsaga arzimagan bo‘lur edi.
S. SMAYLSBurchdan voz kechib va o‘z vazifasini tan olmagan holda, yana o‘zi uchun hamma huquqlarni talab qilish to‘ng‘izlikdan boshqa narsa emas.
F. M. DOSTOEVSKIYHayotdagi eng zo‘r huzur-halovat ado etilgan burchdan zavqlanishdir.
U. GEZLITTBurchga sadoqat xarakter gultojidir.
N. V. ShELGUNOVUmumaxloq qoidalariga nisbatan hurmatimiz ayni shu burch tuyg‘usining o‘zidir.
A. SMITBurch va nomus yo‘lini hech vaqt tark etmang, bu bizni baxtga erishtiradigan yagona yo‘ldir.
J. BUFFONBaxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislatdir.
DEMOKRITHar doim o‘z burchingizni ado etishga intiling, shunday qilsangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdiringizda ham insoniyat sizni kechiradi.
T. JEFFERSONO‘z burchini sidqidildan ado etgan odam o‘z quvonchi bilan o‘zini mukofotlaydi va birovlarning maqtovi, izzat-ikromi, minnatdorchiligiga ham zor bo‘lib o‘tirmaydi.
J. LABRUERziyouz.uz
O‘z-o‘zini anglash va burch tuyg‘usi haqida