Tanqid haqida
Tanqid haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Tanqidsiz bir-birini anglash bo‘lmaydi, binobarin, birlik ham bo‘lmaydi.
F. ENGELSKasalni davolash uchun uni aniqlash, ochish kerak va bu eng qulay va to‘g‘ri yo‘l hisoblaiadi.
F. E. DZERJINSKIYIllatning sababini topish — deyarli unga qarshi davoni topish degan so‘z.
V. G. BELINSKIYO‘zingning emas, boshqalarning yanglishishiga toqat qilishing — buni harholda tushunish va qadrlash mumkin, lekin razillikka esa men toqat qilolmayman.
V. G. BELINSKIYHar doim tinch va osoyishta bo‘l, har joyda shirin gapir va muloyim bo‘l, qarabsizki, vijdonsizlik, aldamchilik, nodonlik uchun keng yo‘l ochib berilibdi: hech kim uni fosh ham etmaydi, haqiqatning qudratli so‘zini aytadigan odam ham yo‘q.
V. G. BELINSKIYTanqid qonning yaxshi aylanishidir, usiz turg‘unlik va kasallikka chalinish muqarrar.
N. A. OSTROVSKIYTanqid yangilishishlikning, garchi inqilobiy bo‘lsa ham quruq gapning dushmanidir, ammo u haqiqatning eng muhim tayanchi. U haqiqatning onaizori va doyasidir; u haqiqatning rizq beruvchi do‘stidir. Haqiqat tanqid bilan tirik.
G. V. PLEXANOVBiz kamchiliklarimizni ko‘rsatgan kishilardan minnatdor bo‘lishimiz kerak.
B. PASKALEng buyuk daho ham o‘z barkamolligi va kamchiliklarini ko‘rsatuvchi tanqidga muhtoj.
N. A. BESTUJEVMen umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganda, ko‘proq foyda olganman.
M. GANDIDono odam har doim o‘ziga hujum qilganlar tomonini oladi, chunki u o‘z kamchiliklarini tushunishda ulardan ham ko‘proq manfaatdordir.
R. EMERSONKamchiliklarimizni bilib olsak, endi ular bizga zarar keltirolmaydi.
G. LIXTENBERGBo‘yalmagan achchiq haqiqatning yuziga tik qaramoq uchun mard bo‘lmoq kerak.
V. I. LENINIllat bilan qat’iy kurash olib bormoq uchun uni qo‘rqmay tan ola bilish kerak.
V. I. LENINChirigan, havo kirishi bilan to‘zonga aylanadigan Misr mo‘miyosiga o‘xshash odamgina tanqid tegishidan qo‘rqadi.
D. I. PISAREVChirigan narsaga qo‘l tekkizib bo‘lmaydi.
V. ShEKSPIR…Agar biz hatto achchiq va og‘ir haqiqatni ham to‘ppa-to‘g‘ri aytishdan qo‘rqmasak, biz hamma narsani va harqanday qiyinchiliklarni yengishni o‘rganib olamiz, albatta va so‘zsiz o‘rganib olamiz.
V. I. LENIN…Oshkoralik shunday bir tig‘ki, o‘zi yetkazgan jarohatni o‘zi davolaydi.
V. I. LENINOdamlarni aslida qanday bo‘lsalar o‘shandayligicha ko‘rsatish bilangina ularni tuzatish mumkin.
P. BOMARShEIllatga qarshi kurashish kerak. Illatga chidab bo‘lmaydi. Illat bilan murosa qilish — o‘zini-o‘zi axloqsiz kishiga aylantirish demakdir.
V. A. SUXOMLINSKIYOdamlarning ra’yiga qarshi o‘laroq, ularni qutqarish jur’atiga ega bo‘lish kerak.
R. ROLLANOdamga o‘zining kimligini ko‘rsatib bersangizgina u o‘zini yengil his etadi.
A. P. ChEXOVOdamni qutqarish uchun uning jonini og‘ritish ham mumkin.
PUBLILIY SIRHaqiqat rahmdillikdan baland turadi.
M. GORKIYHaqiqatni gapirish — har kimga ham nasib etavermaydi!
M. GORKIYTanqid qilish huquqiga ega bo‘lish uchun biror-bir haqiqatga ishonish kerak.
M. GORKIYFaqat sevgan odamgina koyish, pand berish huquqiga ega.
I. S. TURGENEVIshdagi xatoni topish — hali bu o‘sha ishning butkul noraso ekanligini isbotlash emas.
V. G. BELINSKIY…To‘la tuzatilgan xatolarni alohida zarurat bo‘lmaganda ham eslayverish to‘g‘ri emas.
V. I. LENINO‘rnida aytilmagan haqiqat yolg‘ondan yomon, vaqtida ko‘tarilmagan masala faqat chalg‘itadi-yu, xalaqit beradi.
I. S. TURGENEVOdamlarga haqiqatni aytishga o‘rganish uchun kishi o‘ziga haqiqatni aytishni o‘rganishi kerak.
L. N. TOLSTOYAqlning adashganligini qahru g‘azab bilan emas, olijanob ehtiros bilan ko‘rsatib berish zarur.
N. M. KARAMZINTanqid yomonlikni qoralashi bilan birga, nima qilganda o‘sha yomonlik bo‘lmasligini ko‘rsatsagina samarali bo‘ladi.
L. N. TOLSTOYXatoni sezish uncha qiyni emas; bama’ni odamni ajratib turadigan xususiyat o‘sha xatodan tuzukroq yo‘l topib berishidir.
M.V.LOMONOSOVBunday qilma, deyish yetarli emas. Mana bunday qil, deb qo‘shib qo‘yish ham kerak.
M. GORKIYFaqat inkor qilishni biladigan aql qashshoqlashib, oxiri quriydi.
I. S. TURGENEVHayhot, eng qiyini, uzoq yillar davomida har kuni mehnat qila bilish jasoratidir. Kamchiliklar haqida shovqin-suron ko‘tarish — buning uchun katta aqlning keragi yo‘q. Safsata va quruq gap haqiqatan ham nafratga loyiq. Gapdan ko‘ra ish qilish kerak.
V. A. SUXOMLINSKIYMe’yoridan ortiq berilgan doridan naf bo‘lmagani singari adolat me’yori chegarasidan chiqqan dashnom va tanqiddan ham naf yo‘q.
A. ShOPENGAUERBilmay xato qilib qo‘ygan odamlarga uncha g‘azab sochmaslik kerak.
SOFOKLBa’zan sukut ham eng qattiq tanqid o‘rniga o‘tadi.
Ch. BAKSTONO‘zgalarning ishi to‘g‘risida qattiq gapirgan odam o‘zining ishi ham boshqalarnikidan yaxshiroq bo‘lishini o‘z zimmasiga yuklaydi.
V. G. BELINSKIYBiz ko‘pincha boshqalarning nuqsonini gapiramizu, lekin hammavaqt ham ulardan ibrat olib, o‘z kamchiliklarimizni to‘grilayvermaymiz.
F. LAROShFUKOBoshqalarning kamchiligini ipidan-ignasigacha ko‘rib, o‘zinikiga e’tibor bermaslik yuzsizlikdir.
DEMOKRITOdam ayni o‘zini juda qattiq tanqid qilishi kerak, ayni o‘ziga eng qat’iy talab qo‘ymog‘i lozim, aks holda, to‘gri yo‘ldan toyib botqoqqa qulashi hech gap emas.
K. LIBKNEXTO‘zgalar senga shafqatsiz bo‘lishini istamasang, o‘zing o‘zingga shafqatsiz bo‘l.
L. M. LEONOVYoshligingdan yaqin kishilaringning gunohini kechishga, o‘z gunohingni esa mutlaqo kechirmaslikka o‘rgan.
A. V. SUVOROVHaq yo‘lida urilgan har bir zarba nafaqat bolg‘adek, ayni paytda bosqonga o‘xshab ham qattiq bo‘lishi kerak.
J. XOLLENDHaqiqat ba’zan nafrat tug‘diradi.
TERENSIYHaqiqatni yomon ko‘radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko‘radilar.
FELENONShunday odamlar borki, ularga har qanday to‘gri so‘z ham qanchalik muloyim aytilmasin, og‘ir botadi.
N. G. ChERNIShEVSKIYO‘zlari haqidagi bor haqiqatni chin yurakdan egaitadigan odamlar kamdan-kam uchraydi.
F. LAROShFUKOYaramaslar, zulmkorlar, talonchilar hokimiyati uchun haqiqat hamisha xavflidir. Shuning uchun haqiqatni bostiradilar.
Yu. DEBSQabihlikni keltirib chiqaradigan sharoitlarga tegmay turib, haqiqat talab qilish, yomg‘ir yog‘ayotganda tosh yotqizilmagan ko‘chada loy bo‘lmasligini talab qilish bilan baravardir.
D. I. PISAREVziyouz.uz
Tanqid haqida