Mehnat umrni uzaytiradi
Mehnat umrni uzaytiradi
DO`STLARGA ULASHING:
Inson uchun eng go‘zal, eng qadrli narsa uning o‘z hayotidir. Hayot esa har tomonlama, muttasil mehnat bilan barqarordir. Inson mehnati to‘xtasa bormi — uning hayoti ham to‘xtaydi.
G. M. KRJIJANOVSKIYMehnatsevar qalb doimo o‘z kasbi bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i lozim, binobarin, tanaga badantarbiya zarur bo‘lganidek, unga ham surunkali mashq hayotbaxsh ta’sir ko‘rsatadi.
A. V. SUVOROVBu dunyoning eng birinchi oqilona printsipi mehnatdir. Odamning butun a’zolari ishlashi kerak.
A. A. BOGOMOLETSUmrim bo‘yi aqliy va jismoniy mehnatni yaxshi ko‘rib kelganman va yaxshi ko‘raman ham, hatto jismoniy mehnatni ko‘proq yaxshi ko‘raman… Jismoniy mehnat oliy nerv faoliyati buzilgan taqdirda eng katta davo bo‘lib xizmat qiladi.
I. P. PAVLOVTo‘g‘ri yashash — ishlash demakdir. Mashina bekor turib qolsa, uni zang bosadi.
J. FAVR
Mehnat yuz yil umr ko‘rish san’atining zaruriy shartlaridan biridir.
M. ShEVRELUzoq umr siri mehnatda.
S. N. SERGEEV-SENSKIYMehnat hayot chirog‘i yog‘ quyib turadi.
J. VELLERSBiror dangasaning qariguncha yashagani haqida hech qanday dalil yo‘q.
X. GUFELANDDangasalik qilib sihat-salomat bo‘lishni ko‘zlagak odam jim turib ovozini ochmoqchi bo‘lgan nodon bilan barobardir.
PLUTARXHech narsa uzoq vaqt davomida jismoniy harakat qilmaslikdek kishi madorini quritmaydi va uni mahv etmaydi.
ARASTUMehnatdan yaroqsiz bo‘lishdan ko‘ra odamni dangasalik xuddi zang singari tezroq ishdan chiqaradi.
V. FRANKLINDunyoda harakatsizlikdan ham ortiqroq halokatli va toqat qilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q.
A. I. GERSENIzsizlikdan lavand tan, ko‘r, naqadar barbod erur,
Harakatsiz ko‘l kabi tiniqligin tez boy berur.
OVIDIYMehnat bilan charxlanib turmagan kuch susayadi.
D. I. PISAREVIshlamaslik har doim lanjlikni keltirib chiqaradi, lanjlikdan keyin esa nogironlik keladi.
APULEYBekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tug‘ilishiga ham sabab bo‘ladi.
IBN SINOAysh-ishrat va bekorchikdan buzuqlik va kasalmandlik kelib chiqadi — aksincha, aqlning nimagadir intilishi sog‘liqni muttasil mustahkamlab boradigan bardamlikni yuzaga chiqaradi.
GIPPOKRATMehnat ochlikning da’vosi, oshqozonning malhami, sihat-salomatlikning garovidir.
M. SAFIREng yaxshi axloqiy va estetik dori — mehnat.
A. FRANSMehnat — barcha xastaliklardan xalos etuvchi shifobaxsh malham.
N. A. OSTROVSKIYHarakat ishtaha ochgani singari mehnat ham rohatga tashnalikni oshiradi.
F. ChESTERFILDIshtiyoq bilan qilgan ishimiz — dardimizni davolaydi.
V. ShEKSPIRMehnat ijodga aylangan joyda, tabiiyki, o‘lim dahshati hatto fiziologik jihatdan ham yo‘q bo‘lib ketadi.
A. N. TOLSTOYziyouz.uz
Mehnat umrni uzaytiradi