G‘urur va dimog‘dorlik to‘g‘risida
G‘urur va dimog‘dorlik to‘g‘risida
DO`STLARGA ULASHING:
Aftidan, barcha tug‘ma ehtiroslarimiz ichida, ayniqsa g‘ururimizni yengishimiz qiyin bo‘lsa kerak; uni qancha berkitma, u bilan qancha olishma, bo‘g‘ma, chala o‘lik qilma — bari bir u yashayveradi, vaqti-vaqti bilan haddan oshib, o‘zini ko‘rsatib turadi.
B. FRANKLING‘urur barchaga xos xususiyat: ammo farqi shundaki, uni qachon va qayerda ko‘rsatishni bilish kerak.
F. LAROShFUKOGarchi g‘urur yaxshilik hisoblanmasa-da, lekin ko‘p yaxshiliklarning boshidir.
J.KOLLINZChinakam g‘urur o‘ta tortinchoq bo‘ladi va kishilar mulohazasidan qo‘rqadi.
N. V. ShELGUNOVAgar biz haqiqiy g‘ururli bo‘lganimizda dunyoni bu qadar razilliklar bosmas edi.
I. ZEYMEG‘urur — olijanob hissiyot — u shaxsiy kamchiliklardan ko‘z yummaydi. Dimog‘dorlik esa buning aksi.
G. LIXTENBERGDimog‘dorlik g‘ururga pichingdir.
E. FEYXTERSLEBENG‘urur odamning shaxsidan boshqa uning barcha illatlarini yo‘qotadi.
R. EMERSONHamiyatimiz emas, g‘ururimiz bizni ayb qilib qo‘ygan kishilarga aql o‘rgatishga undaydi; biz ularni o‘nglash uchun emas, o‘zimizni ko‘z-ko‘z qilish uchun ularga dakki beramiz.
F. LAROShFUKOG‘urur ko‘nincha haqiqiy ulug‘vorlikka g‘ov bo‘ladi.
M. JANLISG‘urur — o‘zga hamma odamlarga nisbatan o‘ziga xos bir nafratdir.
TEOFRASTMag‘rur kishilar boshqalardagi g‘ururni singdira olmaydilar.
B. FRANKLINAgar bizni g‘urur qiynamaganda, boshqalarning g‘ururidan shikoyat qilmas edik.
F. LAROShFUKOMag‘rur odam kamdan-kam olihimmatdir: u doimo o‘zi munosib bo‘lganidan kam olyapman, deb o‘ylaydi.
G. BIShERG‘urur kalta o‘ylash va o‘z-o‘zini bilmaslikdan kelib chiqadi.
J. ADDISONPastkash qalb, ortiqcha g‘urur — achigan balchiqday gap.
P. BUASTTo‘xtovsiz gapirib, birovga quloq solmaslik mag‘rurlik belgisi.
DEMOKRITPast odamlarning g‘ururi shundan iboratki, ular doimo o‘zlari haqida gapiradilar, chinakam insonlarning g‘ururi esa o‘zi haqida mutlaqo gapirmaslikdir.
F. VOLTERMag‘rurning ko‘rinishi xunuk.
A. TERMIZIYG‘urur hamisha yomon darslikdir va o‘rtamiyonalikning nimdosh pardasidir.
J. MASIYONMayda odamlarda g‘urur katta bo‘ladi.
F. VOLTERG‘urur — ojizlar yupanchi.
L. VOVENARGOrtiqcha gurur — pastkash qalb niqobi.
I. S. TURGENEVMagrur odam muz qobig‘iga o‘ralib qolishi turgan gap. Bu qobiqni hech bir tuyg‘u yorib o‘tolmaydi.
L. N. TOLSTOYG‘urur — sirg‘anchiq qoya bo‘lib, pastlikda bizni takabburlik va manmanlik kutadi.
P. DEKURSELO‘zimizdagi bema’ni xislatlarni o‘zimizchalik hech kim bilmaydi, lekin shunga qaramay, hech kim bizni o‘zimizchalik yuqoriga ko‘tarmaydi.
F. ChENMANO‘ziga mahliyo odam o‘z xislatini shu qadar kattalashtirib ko‘radiki, uning oldida mikroskop ham hech gap emas.
A. POPShuhratparastlik — xushomadgo‘ylikning yuksak cho‘qqisi.
F. LAROShFUKOShuhratparastlik oldida har qancha xushomadgo‘ylik ham uch pul.
F. LAROShFUKOShuhratparastlik bobida qancha-qancha kashfiyotlar qilinmasin, bari bir uning hali ko‘z tegmagan joylari ko‘p.
F. LAROShFUKOO‘z-o‘ziga mahliyolik umrbod davom etadigan hikoyatdir.
O. UAYLDAgar tabiat kimningdir aqlida g‘ov qoldirsa, odatda man-manlik ohapg bilan suvab ketadi.
G. LONGFELLOO‘ziga-o‘zi mahliyo odamga teng kelish qiyin.
SISERONKim o‘zini haddan tashqari yaxshi ko‘rsa, uni boshqalar yaxshi ko‘rmaydi, chuiki odob yuzasidan unga raqib bo‘lib o‘tirmaydilar.
V.O. KLYuChEVSKIYO‘z-o‘ziga mahliyolik va dimog‘dorlik o‘z qadrini bilish tuyg‘usi emas.
F. M. DOSTOEVSKIYO‘ziga-o‘zi mahliyo odam — ahmoq bilan surbet orasidagi dardisardir: unda ahmoqdan ham,surbetdan ham nimadir bor.
J. LABRUERTabiat kimnidir yaxshi fazilatlardan qisgan bo‘lsa, o‘sha odam bu kamchilikni takabburlik bilan yopmoqchi bo‘ladi.
ERAZM ROTTERDAMSKIYSurbetlik chegaradan chiqqan izzattalablikdir: izzattalab odam charchatadi, jonga tegadi, bezdiradi; surbet jirkantiradi, g‘azabga soladi, qonni qaynatadi, tahqirlaydi.
J. LABRUERMagrurlik g‘alati xususiyatga ega. Kishi qancha aqlli, o‘qimishli, ajoyib iste’dod egasi, hatto qalbi toza bo‘lmasin — agar u ortiqcha gerdaysa, yuqo-ridagi bari fazilatlari qusurga aylanadi.
L. N. TOLSTOYO‘zidan hayratlanish va o‘zini aqlli deya qat’iyan ishonish baxtsizliqdir, faqat aqlsiz yoki aqli kalta odamlargina shunday dardga mubtalo bo‘lishlari mumkin.
J. LABRUERKishi o‘zidan qanchalik mamnun ekan, unda mamnun bo‘ladigan xislatlar shu qadar kamdir.
L. N. TOLSTOYOdam o‘zi haqida qanchali yuqori fikrda bo‘lsa, uniig ahvoli shu qadar mo‘rtdir.
L.N. TOLSTOYKishi shaxsini yerga uruvchi illatlardan eng qabihi va nafratga loyig‘i o‘ziga o‘zi mahliyolikdir.
U. TEKKEREYFaqat o‘zini o‘ylaydigan donolik, qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar qabihlikdir.
F. BEKONO‘ziga-o‘zi mahliyolik shishirilgan pufak, uni teshilsa, faqat havo chiqadi.
F. VOLTERziyouz.uz
G‘urur va dimog‘dorlik to‘g‘risida