Ayyorlik
Ayyorlik — juda chegaralangan kishilarning fikrlash tarzi bo‘lib, bu fikrning zohiri bilan botini mutlaqo turlichadir. Muttasil ayyorlik qiliga fikran cheklantanlik belgisidir va deyarli hammavaqt bir yerda ayyorlik qilaman degan odam boshqa joyda o‘zini oshkor otadi. Ayyorlik g‘irt aqlsizlikdir: o‘z maqsadiga to‘g‘ri yo‘l bilan erisholmagan odam unga yolg‘on-yashiq, ogri yo‘l bilan erigaishga urinadi; ayyorlikning fojiasi shundaki, u bir marta bilinmaydi, ammo keyin hammavaqt otning qashqasidek ko‘rinib turadi. Tulkidek ayyorlik insonga yotdir. Mayda chaqa bo‘lish uyat, isnoddir. Virovdan ayyorroq bo‘lish mumkinu, lekin hammaga ayyorlik qilib bo‘lmaydi. O‘taketgan ayyor odamlar ko‘pincha dog‘da qoladilar, chunki ular boshqalarni aqlliroq, to‘g‘rirog‘i, ayyorroq deb o‘ylab, ortiqcha harakat qilib qo‘yadilar. Odam birovlarni aldayapman, deya o‘ylayotgan paytida o‘zi osongina aldanib qoladi. Aldanishning sinalgan yo‘li o‘zingni boshqalardan ayyorroq deb hisoblashingdir. Men, doimo aldamchi pirovard natijada o‘zini aldaydi, deb takrorlaganman va yana tak-rorlayveraman. O‘z ayyorligini yashira oladi gan ayyor hali shu paytgacha tug‘ilmagan. Hayotda shunday holatlar bo‘ladiki, soddalpk va oshkoralik eng nozik ayyorlikka aylanadi. Ayyorlik bilan firibgarlikning orasi — bir qadam, birinchisidan ikkinchisiga o‘tish juda oson: ayyorlikka yolgon qo‘shilsa, tap-tayyor firibgarlikdir. ziyouz.uzAyyorlik
DO`STLARGA ULASHING:
I. KANT
F. LAROShFUKO
J. LOKK
ARISTOFAN
F. LAROShFUKO
G. FILDING
I. KOZELSKIY
F. LAROShFUKO
M. GANDI
J. LOKK
J. LABRUER
J. LABRUER
Ayyorlik