To`g`ri ukol qilish
To`g`ri ukol qilish
DO`STLARGA ULASHING:
MUSHAK ORASIGA INEKSIYA QILISH HAQIDA NIMALARNI BILASIZ ?
Mushak orasiga ineksiya qilish . Rasmda shprits to’g’ri yo’naltirilgan.
Rasmda mushak orasiga ineksiya qilish va nina proyeksiyasi to’g’ri keltirilgan.
?Savolga javob berdi ?
Admin : Mallayev Ulmas
Biz mushak orasiga ineksiya qilamiz va ineksiya qilingan joy xuddi bez kabi qotib qoladi. O’tirganda og’riq beradi. Bunaqa holatda xalqimiz magniy sulfat eritma ( magneziya ) bilan paxtani namlab shu joyga bosishadi. Bu ham samarali usul hisoblanadi. Lekin bundan ham samarali usul yoki magniy sulfat erirmasi ( magneziya ) ta’sir qilmaganda shu joyga boshqa davo usulini ham qo’llashimiz mumkin. Bularga ?
?Bez bo’lib qotib qolgan joyga asal qo’yish va ustiga selofan qo’yish ( ishonarli va juda samarali usul ??)
?Karam bargi qo’yish
?Falga qog’ozi ni qo’yish
?Banan po’stlog’ini qo’yish mumkin.
?Bularning ichida eng samarali va sinalgan usul asal qo’yish hisoblanadi. ??
?Mushak orasiga ineksiya qilinganda asoratlarga asal qo’yish, karam bargi qo’yish, falga qog’ozi va banan po’stlog’idan ham foydalanish mumkin.
✅Qo’shimcha ma’lumot sifatida yana aytib o’tish kerakki ba’zi yonboshdan ya’ni mushak orasiga qilinadigan ineksiyalarda ko’p dori preparatlari suyuq holatda bo’ladi bunaqa holarlarda bez bo’lib qotib qolish kam kuzatiladi ?. Lekin shunaqa dori preparatlari bor ki ular yonboshga , mushak orasiga yuborilsa birinchi ineksiya dan keyin bezli qotmalar hosil bo’ladi. Bular yog’simon preparatlardir ( masalan spazmalgon ampulasi ). Bunaqa yog’simon dori ineksiyalarini ineksiya qilishdan oldin ampula ichidagi suyuqlikni yaxshilab isitish kerak , ya’ni qo’lda ushlab yoki iliqroq suvga ampulani tekkizib olish yo’li bilan isitish kerak , shunda oson ketadi va nojo’ya ta’siri kamroq boladi.
?ESDA SAQLANG : ?
?Bunaqa holatlarda isitma ko’tarilsa , qilingan chora tadbirlar yordam bermasa va og’riq qolmasa zudlik bilan xirurgga murojaat qiling. Chunki bez bo’lib qotib qolgan joyda yiring yig’ilishi , ya’ni absess bo’lishi mumkin.
?Mushak orasiga ineksiya qilib bo’lgandan keyin ineksiya joyini steril spirtda namlangan paxta bo’lagi bilan aylanma tarzdagi harakatlar bilan ishlov berish kerak. Yuborilgan suyuqlik tezroq tarqalishi va so’rilishi uchun.
?ENG yomon asorati — agar mushak orasiga noto’g’ri ineksiya qilinsa , ya»ni pastki qism ga yuborilsa nina o’tirg’ich nerviga tushib qolsa , falajlik holati va nutqning yo’qolishi kuzatiladi. Eng yomoni bu butun umrga qolib ketadi. Shu sabab ineksiyani qilganingizda orqa mushakni 4 ga bo’lib o’ng yuqori sohaga ineksiya qilish kerak.
?Ineksiyani tibbiyot xodimi yoki hamshira amalga oshirsin .
Tibbiy bilimi bo’lmaganlar ineksiya qilmasin.
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА » kanali
To`g`ri ukol qilish