Makka tarixi
Makka?Makka tarixi
DO`STLARGA ULASHING:
➖➖➖➖➖➖
Makka (arab. Umm ul-Quro, Umm ulMadoin — shaharlar onasi va boshqalar) — Saudiya Arabistonining gʻarbiy qismidagi shahar, Qizil dengizdan 70 km uzoqdikda joylashgan. Hijoz viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1.64 mln. kishiga yaqin (2020); haj vaqtida (hajga keluvchilar hisobiga) 2 mln.dan oshadi.
M. qad. shahar, asos solingan yili nomaʼlum. Dastlab Zamzam bulogʻi atrofida aholi turar joylari paydo boʻlgan. M. ilk bor Ptolemey asarlarida Makoraba deb qayd etilgan. Miloddan avvalgi 2—1ming yilliklarda M. arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Islom paydo boʻlishidan avval Sharq bilan Oʻrta dengiz boʻyi davlatlari oʻrtasidagi savdoda muhim oʻrin tutgan. Milodiy 5-asr oʻrtalarida M. quraysh qabilasi qoʻliga oʻtdi. Shu davrda quraysh qabilasining boshligʻi Zayd bin Kilob (Qusay laqabi bilan mashhur) Kaʼba atrofidagi yerlarni oʻz qabiladoshlariga boʻlib berdi. Qusay va uning avlodlari oʻtkazgan islohotlar natijasida M. tez suratlar bilan oʻsdi, bozorlar koʻpayib, ziyoratchilar uchun yangi quduklar qazildi. 6-asr oxiri — 7-asr boshida shahar Arabiston ya.o.ning faqat savdo va diniy emas, balki siyosiy markaziga ham aylandi. Shunday vaziyatda M.da yakkaxudolik (tavhid)ga asoslangan islom dinining targʻiboti boshlandi. M.da Muhammad tugʻilgan, 7-asrdan musulmonlarning muqaddas shahri va ziyoratgohi.
610 yil Muhammad M. yaqinidagi Hiro togʻida oʻziga birinchi bor vahiy, yaʼni Qurʼon oyatikarimalari nozil boʻlganini eʼlon qildi. 622 yilda musulmon jamoasi M. bilan raqobatlashib kelgan Yasrib (Madina) shahriga koʻchib oʻtdi (qarang Hijra). 630 yilda shahar musulmonlar qoʻl ostiga oʻtdi va M.ga haj qilish islomning 5 arkonidan biriga aylandi. Umaviylar davrida (661—750) shahar qiyofasi keskin oʻzgardi: koʻp qavatli qasr, saroylar paydo boʻldi. Bagʻdod xalifaligi (750—1258) inqirozga uchragandan soʻng M. Fotimiylar, Ayyubiylar va mamluklar qoʻl ostiga, keyinchalik Usmonli turk saltanati to-beligiga (1517) oʻtdi. 1916 yildan M. — Hijoz qirolligi poytaxti. 1924 yil Ibn Saʼud qoʻshinlari M.ni ishgol etdi. 1932 yildan Saudiya Arabistoni tarkibida.
Makka tarixi