Isroil davlati
Isroil davlati??Isroil davlati
DO`STLARGA ULASHING:
_____________________
Isroil (ivritcha: יִשְׂרָאֵל, arabcha: إسرائيل) — Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubisharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km2[1]. Aholisi soni 2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra 8 822 000 kishi. Poytaxti — Quddus shahri. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — Tel-Aviv shahri. Rasmiy tillari — ivrit va arabcha. BMTning 1947-yildagi qaroriga muvofiq
Isroil — respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948 yilgi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949 yilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950 yilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952 yilgi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958 yilgi Asosiy qonun va boshqa.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi.
Isroil davlati