Quvayt Davlati

Quvayt Davlati
quvayt davlati 65cb13a5d1ccd

photo 2020 12 15 22 57 19

Quvayt Davlati

DO`STLARGA ULASHING:

Quvayt Davlati

Kuvayt, Kuvayt Davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 4,02 mln. kishi (2018). Poytaxti — Al-Kuvayt shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.

Quvayt — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. Yer yuzasining koʻp qismi gʻarbdan sharqqa pasayib boruvchi plato. Fors qoʻltigʻining sohili botqoqli pasttekislik. Quvayt hududi Afrika— Arabiston platformasining Shimoli-sharqida. Basra—Kuvayt sineklizasida joylashgan. Iqlimi quruq, tropik iqlim. Yanvarning temperaturasi 11°, iyulniki 34°. Yillik yogʻin 100–150 mm. Landshafta: shimoliy qismida toshloq, markaziy va janubiy qismiga tomon qumli choʻl bilan almashinib boradi.

Quvayt Davlati