Belarus Respublikasi

Belarus Respublikasi
belarus respublikasi 65cb12b4e4ca6

photo 2020 12 15 23 54 59

Belarus Respublikasi

DO`STLARGA ULASHING:

Belarus Respublikasi
Рэспубліка Беларусь

Belorussiya (Belarus), Belorussiya Respublikasi (bel. Respublіka Belarus) — Yevropa markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbida joylashgan. Maydoni 207,6 ming km2. Aholisi 12 463 300 kishi (2016). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109 shaharcha bor (1996). Poytaxti — Minsk shahri.

Belarus Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. 1996-yilgi referendumda qabul qilingan Konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — Millat majlisi boʻlib, u Vakillar palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110 deputatini aholi saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat majlisining vakolat muddati 4 yil Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat — Vazirlar Kengashi amalga oshiradi.

Belarus Respublikasi