DIKLOBERL ampula
DIKLOBERL ampula
DO`STLARGA ULASHING:
Dikloberl ampula
#Диклоберл ампула
?Dori shakli : Ineksiya uchun eritma ( ampula) — 3 ml ampulada chiqariladi.
?Tarkibi : Diklofenak natriy — 75 mg.
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Yallig’lanishga qarshi va Ogriq qoldiruvchi juda samarali vosita.
?QO’LLANILISHI ?
— Bo’g’im yallig’lanish kabi holatda ( artritda )
— Revmatik kasalliklarda ( revmatizmda)
— Revmatoid artritda , osteoartrozda va osteoartritda
— Bo»g’imlar yallig’lanishi va og’rig’ida
— Umurtqa pog»onasi og’rig’ida
— Bo’g’im atrofidagi yumshoq to’qimalarning revmatik kasalliklarida
— O’tkir podagra xurujida
— Yallig’lanish va shish bilan kechuvchi jarohatdan keyingi va operatsiyadan keyingi og’riqlarda.
— Og’ir kechuvchi migren xurujlarida
— Buyrak va o’t pufagi sanchiqlarida
— Boshqa og’riqli xolatlarda
— Bel og’rig’ida
— Suyaklar qaqshab og’rishida
?QO’LLASH USULI ?
Faqat mushak ichiga yuboriladi ( esda saqlang ). Sutkasiga 1 — 2 marta gacha ( og’riqli xolatlarda ).
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi
— Qon bosimi tushishi mumkin
— Uyquchanlik , charchoq
— Ko’ngil aynish , qusish
— Diareya , qorinda og’riq
— Teri toshmalari va teri qichishishi
— Ineksiya joyida og’riq
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Me’da ichakda yara bo’lganda
— Me’da ichak ning teshilish xolatida va qon ketish xolatlarida
— Xomiladorlik davrida mumkin emas ( esda saqlang )
— Og’ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida
— Kvinke shishida mumkin emas.
— Yurak og’ir yetishmovchiligida
— Ichakning yallig’lanish kasalliklarida
— Bolalar va 18 yoshdan kichik larga mumkin emas.
— Operatsiyadan keyingi holatlarda qon ketish xavfi yuqori bo’lganda.
— Aortakoronar shuntlash va yurakda o’tkazilgan boshqa operatsiyadan so’ng kuzatiladigan keyingi og’riqlarda qo’llash mumkin emas.
— O’tkazilgan miokard infarkti va stenokardiya kasalliklaridan keyingi holatlarda
— Bosh miyada qon aylanishi buzilganda va insult o’tkazgandan keyingi holatda yoki kasallik vaqtida mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
▶Dikloberl preparatini emizikli ayollarga qo’llashga to’g’ri kelganda darrov bolani emizishni to’xtatish talab qilinadi. Davolanish kursi tugagach emizishni yana 2 — 3 kundan keyin ( ta’siri organizmdan ketgach ) davom ettirish mumkin.
▶Yana bir muhim va kerakli ma’lumot sifatida dikloberl ampulasi ni yoki kapsulasini , tarkibi diklofenak bo’lgan boshqa og’riq qoldiruvchi vositalarni doimiy jig’ildon qaynashi ( zarda qaynashi ) bor bemorlarga va doimiy oshqozonida kislotalilik baland yuradigan kishilarga diklofenak preparatlari tavsiya etilmaydi ( esda saqlang ).
▶Dikloberl preparati — ampula , kapsula , tabletka va svecha ( shamcha) ko’rinishida chiqadi.
?DIKLOBERL AMPULASI ANALOGLARI ?
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya , Uzbekistan
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali
DIKLOBERL ampula