GIDROFITLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROFITLAR haqida malumot bilib oling.

GIDROFITLAR (gidro… va yun. phyton — oʻsimlik) — suvda oʻsadigan oʻsimliklar. Pastki qismi suvda, ustki qismi suvdan koʻtarilib oʻsadi (mas, qamish). Baʼzi Gidrofitlar daryo, dengiz, koʻl qirgʻoqlarida va suvi qurib qolgan nam yerlarda ham oʻsaveradi. Gidrofitlarda ildiz boʻlmaydi yoki juda kuchsiz rivojlangan boʻladi. Bargi tuksiz. Poyasi va barglarining hujayraaro boʻshliqlari katta, havoga toʻla boʻladi. Shu sababli Gidrofitlar suvda qalqib turadi. Koʻpchilik Gidrofitlar torf hosil qiladi. Baʼzi Gidrofitlar, ayniqsa bir yilliklari chorva mollari uchun ozuqadir.

Ensiklopediya.uz
GIDROFITLAR