KANEFRON tabletkasi
Kanefron #Канефрон ?DORI SHAKLI : tabletka ?TARKIBI 😕 Tabiiy mahsulotlar va glukoza, laktoza, saxaroza, magniy stearat , kalsiy karbonat va boshqa …. ?TA’SIRIGA KO’RA ? Urologik kasalliklarni davolash uchun , yallig’lanishga qarshi , antioksidant , spazmolitik va og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega. Qo’shimcha yana antibakterial va siydik haydovchi ta’sirga ega. ?QO’LLANILISHI ? — Qovuqning o’tkir va surunkali infeksion kasalliklarini , ya’ni sistitni davolashda qo’llaniladi. — Pielonefritni davolash uchun — Glomerulonefritni davolash uchun — Nefrit kabi buyrak kasalliklarini. — Siydik yo’llarida tosh hosil bo’lishini oldini olish maqsadida va siydik toshlarini olib tashlagandan keyin ham qo’llaniladi. — Buyrak va siydik yo’llaridagi yallig’lanish holatlarida — Buyrak va siydik yo’llari va qovuq og’rig’ida qabul qilinadi. — Buyrak shamollash holatlarida qabul qilinadi. ?QO’LLASH USULI ? Kattalar va 12 yoshdan kattalarga kuniga 2 tabletkadan 3 mahal ( ertalab , tushlik va kechqurun ) ya’ni kuniga 6 tabletka qabul qilish buyuriladi. Maktab yoshdagi bolalar uchun 1 tabletkadan kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Tabletkani chaynamasdan suv bilan qabul qilish kerak. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Teri toshmalari va teri qichishishi — Ko’ngil aynish va yengil diareya kuzatilishi mumkin. ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda — Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasining o’tkir davrida mumkin emas — 6 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas. ?ADMIN MASLAHATI ? ?Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan qo’llash mumkin. ?Kanefron tarkibida glyukoza , saxaroza va laktoza saqlaydi. Shu sababli qandli diabeti bor kishilarga mumkin emas . ?Buyrak va boshqa urologik kasalliklarni davolashda kanefronni qabul qilishni o’zim ham tavsiya qilaman. Juda yaxshi vosita ?? ?Qo’llash — retseptsiz ?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya @Farmakologiya_TTA ,,ТАБЛЕТКА » kanaliKANEFRON tabletkasi
DO`STLARGA ULASHING:
KANEFRON tabletkasi