STEYNBEK haqida to’liq ma’lumot oling

STEYNBEK haqida to’liq ma’lumot oling

STEYNBEK (Steinbeck) Jon Ernst (1902.27.2, Salinas, Kaliforniya shtata — 1968.20.12, NyuYork) — amerika yozuvchisi. Ilk romani — «Oltin kosa» (1929). «TortilFlet kvartali» (1935) romani epizodlardan iborat boʻlib, unda materializmning gumanizmga salbiy taʼsirini koʻrsatishga harakat qilgan. «Va jangni boy berdilar» (1936) romani hamda «Sichqonlar va odamlar haqida» (1937) qissasi bilan tanilgan. «Nafrat uchquni» (1939) romani amerika adabiyetining mumtoz namunasi hisoblanadi. «Gʻazab shingillari» (1939), «Konservalar rastasi» (1945), «Adashgan avtobus» (1947), «Jannatdan sharkda» (1954), «Xavotirli qish» (1961) romani, «Amerikani izlash yoʻlida Charli bilan sayohat» (1962) ocherklar kitobi va b. asarlar muallifi. «Haybatli togʻlar» hikoyalar toʻplami oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1963). Nobel mukofoti laureati (1962).

Malumotlar
STEYNBEK