SKLERIT haqida to’liq ma’lumot oling

SKLERIT haqida to’liq ma’lumot oling

SKLERIT — sklerannng yalligʻlanishi. Revmatizm, sil, podagra, brutsellyoz va b. yuqumli kasalliklar oqibatida paydo boʻladi. Chuqur va yuza S. farq qilinadi. Chuqur Skleritda skleraning chuqur qatlamlari yalligʻlanadi va turli joylarida tugunlar koʻzga tashlanadi. Yalligʻlanish jarayoni koʻzning shox (muguz) pardasiga va yanada chuqurroq qatlamlariga tarqalishi mumkin. Tugunlar oʻrnida kulrang dogʻlar krladi. Yuza Skleritda koʻz oqi qizarib, shishadi va baʼzan shox pardaga ham oʻtadi. Koʻz yoshlanadi, bemor yoruqqa qaray olmaydi, lekin koʻrish faoliyati buzilmaydi. Baʼzan sklera abssessi kuzatiladi, bunda koʻz qattiq ogʻriydi, qizaradi va skleraning ayrim joylari shishadi. Kasallik abssessning yorilishi bilan tugaydi. Sklerit oʻz vaqtida davolanmasa, keratit hamda iridotsiklitga sabab boʻlishi mumkin. Bemorni mutaxassis vrach davolaydi.

Malumotlar
SKLERIT