GIBBONLAR haqida malumot bilib oling.
GIBBONLAR (Hylobatidae) — kichik odamsimon maymunlar oilasi. Oldingi oyoqlari haddan tashqari uzun (yoyilganida 2 m gacha). Dumi yoʻq, kichkina quymich qadogʻi bor. 2 urugʻi: asl Gibbonlar (Hylobates) ra 6 tur, nisbatan yirik siamang yoki yopishgan barmoqlilar (Symphalangus) ra 1 tur (S. Syndactylus) kiradi. Asl Gibbonlar erkagi tanasining uz. 40 — 64 sm, vazni 4—8 kg, siamanglarniki — 47—60 sm, vazni 9,5—12,5 kg (20 kg gacha). Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlanmagan. Yungi qalin, rangi har xil: kulrang yoki sargʻish-qoʻngʻir tusdan qora ranggacha (sidirgʻa tusli Gibbonlar va siamangda). Asl Gibbonlar — Jan. Xitoy, Hindixitoy, Sumatra, Yava, Kalimantan o. larida; siamang esa Sumatra o. va Malakka ya. o. da tarqalgan. Gibbonlar juft yoki 6 tadan, baʼ-zan 20—30 tadan boʻlib daraxtlarda yashaydi, juda yengil va tez harakat qiladi. Oʻsimliklarning mevasi, barglari, kurtaklari, gullari, hasharotlar, qushlarning tuxumi, joʻjalari bilan oziqlanadi. Uya qurmaydi, shoxlardagi qalin. barglar ustida uxlaydi. Ovozi, ayniqsa katta boʻgʻiz xaltalariga ega boʻlgan qora Gibbonlar va siamangda juda baland. Boʻgʻozlik dari 210—235 kun. 5 — 10 yoshida jinsiy voyaga yetadi, 30—35 yil yashaydi. Qalpoqchali gibbon (N. pileatus), bir xil tusli gibbon (N. concolor), kloss gibbon (N. Klossii) Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Ensiklopediya.uz
GIBBONLAR