GERNIARIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GERNIARIYA haqida malumot bilib oling.

GERNIARIYA (Herniaria) — chinniguldoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 2 turi bor. Shulardan tuksiz Gerniariya (N. glabra)HMHr poyasi ildiz boʻgʻzidan shoxlab, yerga yoyilib oʻsadi. Guli koʻrimsiz, bargi teskari tuxumsimon. Oʻzbekistonning togʻli r-nlarida oʻsadi. Tarkibida flavonoid, kumarin, triterpensapoiin va b. moddalar bor. Tibbiyotda istisqo va buyrak kasalliklarida siydik haydash uchun ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GERNIARIYA