GAZIANTEP haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GAZIANTEP haqida malumot bilib oling.

GAZIANTEP — Turkiyaning jan. dagi shahar, Gaziantep elining maʼmuriy markazi. Aholisi 600 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Su-riyaga boruvchi t. y. stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Mashinasozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement, silikat-keramika, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoati, spirt-araq, sovun ishlab chiqaruvchi korxonalari bor. Q. x. mahsulotlari savdosi oʻtkaziladi.

Ensiklopediya.uz
GAZIANTEP