GURUCH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GURUCH haqida malumot bilib oling.

GURUCH — sholini oqlab olinadigan asosiy don; oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Sholi oqlanganda silliq, yirik Guruch bilan birga oqshoq ham tushadi. Guruchning qaysi navli sholidan olinishiga qarab turlari koʻp. Mas, devzira, jaydari, avangard, alanga, gulzor, kizil Guruch va b. Tarkibida oʻrtacha 14% suv, 75,2% uglevod (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% yogʻ, 2,2% kletchatka va 0,5% kul boʻladi. Vatani Osiyo boʻlib, shu qitʼada yashovchi xalqlarning pazandachiligida asosiy masallik, hisoblanadi. Guruchdan toʻyimli, tez hazm boʻladigan taomlar tayyorlanadi (q. Sholi).

Ensiklopediya.uz
GURUCH