GISTOKIMYO haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GISTOKIMYO haqida malumot bilib oling.

GISTOKIMYO, gistologik kimyo — gistologiyainng bir boʻlimi; oʻsimlik va hayvon toʻqimalarining kimyoviy xossalarini oʻrganadigan fan. U organizm va toʻqimalarda kimyoviy moddalar (oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar) ning olgan oʻrnini va biokimyoviy jarayonlarni tekshiradi. Hujayralar haqidagi fan — sitokimyo moddalarning hujayradagi oʻrnini oʻrganadi. Gistokimyo oʻsimliklar va hayvonlar biol. si, biokimyo, fiziologiya, farmakologiya va b. fanlar bilan chambarchas boglangan. Gistokimyo 20-a. ning 30-y. larida vujudga kelib, hozir jadal rivojlanmoqda. Gistokimyoning umumiy biologik ahamiyati katta. Gistokimyoda aniqlanayotgan qonuniyatlar gistologiya, patologik anatomiyani rivojlantirishga, mikroskopik strukturalardagi kimyoviy jarayonlar oʻrni bilan ularning maxsus biologik funksiyalari oʻrtasidagi bogʻlanishni aniqlashga yordam beradi. Sitofotometriya, avtoradiografiya, ultrabinafsha nurlar bilan oʻtkaziladigan mikroskopiya, interferension mikroskopiya va b. zamonaviy usullardan foydalanib, tekshirilayotgan moddalar (polisaxaridlar, lipidlar, oqsillar va b. koʻpgina organik moddalar; shuningdek, toʻqima va hujayralardagi noorganik komponentlar)ning oʻrni, miqsori va bu miqdorning oʻzgarishini aniqlash mumkin.

Ensiklopediya.uz
GISTOKIMYO