GIDRAVLIK BOLGʻA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDRAVLIK BOLGʻA haqida malumot bilib oling.

GIDRAVLIK BOLGʻA — yuqori bosim ostida boʻlgan suyuqlik taʼsirida harakatlanadigan massaning ogʻirlik kuchi bilan metallarga ishlov beruvchi mashina. Bunda massa suyuqlik bosimi taʼsirida yuqoriga koʻtariladi. Pastga oʻz ogʻirlik kuchi taʼsirida zarb bilan tushadi va metallga ishlov beradi. Gidravlik bolgʻa bolgʻalash, hajmiy va yassi shtamplashda ishlatiladi. Tuzilishi jihatidan boshqa energiya eltuvchi bolgʻalarga, mas, bugʻ-havo bolgʻalariga oʻxshaydi.

Ensiklopediya.uz
GIDRAVLIK BOLGʻA