Harbiylar haqida sherlar
Bir kecha qo‘qqisdan uyg‘onib ketdim, Qandaydir sharpani ilg‘ab o‘zicha, Ko‘ngil-da, atrofni ko‘zdan kechirdim, Hovlida o‘ynoqlab, kuylaydi shamol, Tinchlik, hotirjamlik – ezgu tushuncha, Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda, Tinchlik qadrin bildim ota bo‘lgach men, Senga ko‘ngildagi borini aytay, Mudomki turibsiz ko‘krakni kerib,Harbiylar haqida sherlar
DO`STLARGA ULASHING:
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.
Go‘yo ogoh etib bizlarni xavfdan,
“Havf, havf”, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qo‘shni tarafda.
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida ko‘rib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.
Shaksiz, yaratganning inoyati – bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati – bu.
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farog‘atda,
Yaxshiyam sizlar bor – bizlarga ne g‘am.
Shular bor, ko‘naman hayot g‘amiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta o‘rinbosar o‘stirmoqdaman.
Yo‘l yo‘q havotirga, yo‘l yo‘q qayg‘uga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.
Harbiylar haqida sherlar