GALIFAKS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALIFAKS haqida malumot bilib oling.

GALIFAKS — Kanadaning jan.sharqidagi shahar, Yangi Shotlandiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Muzlamaydigan buxta boʻyida. Aholisi 114 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Trans-Kanada t. y. ning oxirgi st-yasi, Atlantika okeani boʻyidagi port, yuk ortish va tushirish yiliga 10 mln. t dan ortiq. Kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, jumladan baliq-konserva, qand-shakar z-dlari bor. Kanadaning baliq ovlaydigan muhim bazalaridan biri. 2 ta un-t bor. Shahar 1749-y. da barpo etilgan.

Ensiklopediya.uz
GALIFAKS