SISPRES tabletka
Sispres tabletka #Сиспрес таблетка ?DORI SHAKLI : ? tabletka ( 250 , 500 , 750 mg dozalarda chiqadi ). ?TARKIBI : ? Siprofloksatsin — 250 mg , 500 mg va 750 mg dozada chiqadi. ?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ? Antibiotik vosita. Mikroblarga qarshi samarali vosita. (Ftorxinolonlar guruhi). ?QO’LLANILISHI ? — Mikroorganizmlar chaqirgan infeksion va yallig’lanish kasalliklarida. — Nafas yo’llari infeksiyasida ( klebsiyella, enteribakter , proteus , esherixa coli , haemophilus, moraxella va stafilokokklar chaqirgan pnevmoniyada qabul qilish mumkin ). — Stafilokokklar chaqirgan o’rta quloq infeksiyasida ( o’rta otitda ) , sinusitlarda qabul qilish mumkin. — Buyraklar va siydik chiqarish yo’llari infeksiyasida. — Jinsiy a’zolar infeksiyasida , ya’ni adneksit , gonoreya va prostatitda. — Ko’z infeksiyalarida buyuriladi. — Ovqat hazm qilish tizimi va o’t safro chiqarish infeksiyasida ( og’iz , tishlar, jag’lar va peritonitda ). — Teri qoplamalari , shilliq qavatlar va yumshoq to’qimalar infeksiyalarida. — Tayanch harakat apparati infeksiyalarida. — Qorin bo’shligi infeksiyasida. — Kuydirgi kasalligining o’pka shaklini infeksion yalliglanish kasalligini oldini olish maqsadida qo’llaniladi. — Qorin og’riqlarida va diareyada ham qabul qilinadi. — Qorin tifida va infeksion diareyada qabul qilinadi. — LOR azolari infeksiyalarida. — Ichak infeksiyalarida , ya’ni salmonelloz , shigellyoz, xolera va qorin tifida qabul qilish mumkin. — Qorin bo’shligi absessi , xolangit , xolesistit , o’t qopi yiringlash xolatida. — O’pka absessi va plevritda. ?QO’LLASH USULI ? Tabletkani butunligicha ko’p bo’lmagan suyuqlik bilan ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Kuniga 1 tabletkadan 2 mahal ( yoki har 12 soatda 1 ta tabletka qabul qilish ) buyuriladi. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Bosh og’rigi va bosh aylanishi. — Ichak mikroflorasining buzilishi ( ko’p qabul qilinsa). — Taxikardiya va qon bosimi pasayishi kuzatilishi mumkin. —Ko’ngil aynish , qusish va ishtaha pasayishi xolatlari. — Qorinda og’riq va meteorizm kuzatilishi mumkin. ❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ? — Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda. — Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas. — 18 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas. — Epilepsiya kasalligida mumkin emas ( yoki shifokor nazoratida ehtiyotkorlik bilan qo’llash buyuriladi ). —————————————————- ?Qo»lllash — retsept bilan . ?Ishlab chiqaruvchi — Qozogiston. @Farmakologiya_TTA ,, ТАБЛЕТКА » kanaliSISPRES tabletka
DO`STLARGA ULASHING:
?SISPRES ANALOGI QAYSILAR ? ?
SISPRES tabletka