Chol bilan sichqon
Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan. Qadim zamonda shu go‘zal Nanay tomonda bir chol-u kampir bor ekan. Bular baxt uchun tug‘ilgan ekan. Ammo choli tushmagur anqovroq ekan. — Hoy, sichqonjon, sichqonjon, debdi. Sichqon ochko‘zligidan uyida turib, og‘zini ochgan ekan, kampir otashkurakni sichqonning og‘ziga tiqib yuboribdi. Sichqonning og‘zi kuyib qolibdi. Ertasiga chol yana sichqonjonning oldiga kelibdi. U do‘stini ovqatga chaqiribdi. Bechora sichqonjonning g‘azabi kelib, chiyillabdi: — Chiy-chiy, ket nari, Chol bilan sichqon
DO`STLARGA ULASHING:
Kunlardan birida kampir cholga o‘tin olib kelishni buyuribdi va qo‘liga o‘roq bilan non beribdi. Chol o‘tinga boribdi-yu, o‘rog‘ini yo‘qotib, quruq qaytibdi. Chol bo‘lgan voqeani aytibdi. Kampir cholni rosa koyibdi. Kampir yana cholni o‘tinga yuboribdi.
Bu safar u cholga pishgan kishmish bilan non beribdi. Chol ovqatni bir shum sichqonga oldiribdi, och qaytibdi. Keyin u kampiriga hasrat qilibdi. Ammo choli tushmagur mug‘ombir ekan. U sichqon bilan juda qalin do‘st-ulfat ekan. Ovqatni ham u bilan baham ko‘rishni istar ekan. Kampir achchig‘idan otashkurakni qizdirib, sichqon yoniga boribdi. Kampir ovozini cholning ovoziga o‘xshatib:
Og‘zingni och, ulfatjon.
Men kishmish olib keldim
Och og‘zingni o‘rtoqjon, —
Sira kelma men sari.
Sen sabab og‘zim kuydi,
Chiy-chiy ket nari.
Sen sabab bo‘g‘zim kuydi,
Sira kelma men sari, —debdi.
Chol bilan sichqon