Allergik rinit haqida malumot

Allergik rinit haqida malumot

c181b9e034b06ed4a1f5f0ef1333285b
Allergik rinit haqida malumot 3

Allergik rinit — yuqori nafas yo’llarining kasalligi bo’lib, organizmda allergik reaksiyaning paydo bo’lishi tufayli yuzaga keladi. Bu kasallik ko’pincha mavsumiydir (gul changiga allergiya bo’lsa). Rinit o’tkir va surunkali bo`lishi mumkin.

Kasallik sabablari

Burun shilliq qavatining shishishi tufayli rinit paydo bo’ladi. Kasallikni qo`zg`atuvchi asosiy sabablar – allergiya uyg`otuvchilar bo`lib, ulardan eng tarqalganlari — o`simlik changchilari, chang, uy hayvonlari tuklari, kimyoviy moddalar, dori vositalari va zamburug`lar hisoblanadi.

Bu kasallik nasldan naslga o`tadi. Bolalarda bu kasallik immunitetning zaiflashishi tufayli yuzaga keladi.

Allergik rinitning belgilari

Allergik rinit quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

  • tumov;
  • burun bitishi;
  • tez-tez aksirish;
  • tomoqdagi qitiqlash hissi;
  • davomli yo’tal xurujlari;
  • ko’z qichishishi, ko`z yoshi ajralishining kuchayishi;
  • ko`zlarning yorug’likka sezgirligi ortishi;
  • hid bilish qobiliyatining yo`qolishi;

Diagnostika

Davolash uslubini aniqlash uchun allergolog-shifokor umumiy tekshiruvdan ot`kzagandan va bemor shikoyatini tinglagandan so’ng, quyidagi tekshiruvlar va tahlillarni tayinlaydi:

  • qonning umumiy tahlili;
  • immunogramma;
  • burundan ajratilgan shilliq moddaning laboratoriya tekshiruvi;
  • rinoskopiya;
  • allergiya sababini aniqlash uchun provokatsion teri testlari.

Allergik rinitni davolash

Allergik rinitni davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • immunoterapiya;
  • antigistamin dorilar;
  • qon tomirlarini toraytiruvchi dorilar;
  • hujayra membranasi stabilizatorlari;
  • glyukokortikosteroidlar;
  • davolovchi mashqlar;
  • ingalyatsiya.

Burun to`sig`ining qiyshiqligi tufayli kelib chiqqan surunkali rinitda jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi buyuriladi

Parhez

Kasallikni davolash paytida shifokor bemorga ma’lum bir parhezni belgilaydi, bu parhez quyidagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilishni istisno qiladi:

  • tovuq go`shti, tovuq tuxumi;
  • mevalar (ayniqsa, sitrus mevalar);
  • asal va u bilan bog`liq mahsulotlar;
  • bo’yoqlar va oziq-ovqat qo’shimchalari bo’lgan yeguliklar va suyuqliklar.

Xavfli jihatlari

Agar allergik rinit o’z vaqtida davolanmasa, quyidagi asoratlar paydo bo’lishi mumkin:

  • sinusit;
  • otit;
  • eshak yemi;
  • bronxial astma;
  • Kvinke shishi;
  • atopik dermatit.

Xavf guruhi

Xavf guruhidagi bemorlar:

  • naslida allergik kasalliklar borlar;
  • ekologik jihatdan nosog’lom joyda yashovchi odamlar;
  • tez-tez yuqumli kasalliklarga chalinadigan bolalar;

Profilaktika

Shifokorlar quyidagi profilaktika choralarini tavsiya qiladilar:

  • allergiya qo`zg`atuvchilar bilan aloqada bo`lmaslik;
  • yozda ochiq havoda harakat qilishni cheklash (agar o`simlik changiga allergiya bo’lsa);
  • haftasiga kamida bir marta uyda nam tozalashni amalga oshirish;
  • shampunlar, cho`milish uchun gellar, kremlar va boshqa kosmetika vositalarini ishlatishdan oldin, allergik reaksiyani tekshirish uchun ularni tirsakning bukiladigan joyiga surtib ko`rish;
  • to’g’ri ovqatlanish.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Burundagi yallig’lanish alomatlarini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan dori vositalardan biri Otrivindir.

Otrivin bu – burun bo’shlig’iga purkaydigan tomirlar toraytiruvchi dori vositasi (sprey va tomchi shaklida mavjud)

Eritma tarkibi:

Faol moddalar: ksilometazolin gidroxloridi 0,5 mg. Yordamchi moddalar: natriy fosfat monobazik dihidrat, natriy fosfat ikki asosli o’n ikki suv, natriy xlorid, disodiy edetat, benzalkonium xlorid, metilgidroksipropil tsellyuloza 4000 mPa.S, sorbitol 70%.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi —

https://apteka.uz/uz/product/otrivin

Nafas yo’li yallig’lanishida keng qo’llaniladigan boshqa preparatlar: Ksilometazolin,Rinostop ,Galazolin,Nosilin,Rinokta,Ksilofakt va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kasalliklar
Allergik rinit