Bolalarda gipertermik sindrom — sabablari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari haqida malumot
Bolalarda gipertermik sindrom – termoregulyatsiyaning buzilishi boʻlib, bunda tana harorati yuqori koʻrsatkichlarda boʻladi va ichki aʼzolar tomonidan turli xil oʻzgarishlar kelib chiqadi, koʻpincha yurak-qon tomir va nerv tizmi zararlanadi. Gipertermiya tana haroratning 39,5 °C dan yuqori boʻlishi, gemodinamikaning buzilishi, miya shishi va oʻtkir poliorgan yetishmovchiligi bilan kechadi. Ushbu sindrom klinik belgilar, termometriya va laboratoriya tekshiruvlari asosida tashxislanadi. Diagnostikada maxsus usul mavjud emas, davo muolajalari ham kompleks ravishda olib boriladi – tana haroratini tushiruvchi preparatlar, regidratatsion davo, hamda asosiy kasallikni davolash muolajalari oʻtkaziladi.
Bolalarda gipertermik sindrom – bola hayotiga xavf soluvchi jiddiy holat. Koʻpincha 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi, kam hollarda oʻsmirlik yoshidagilarda ham uchraydi. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyilmasligi va davo muolajalari olib borilmasligi oqibatida oʻlim holati qayd etilishi mumkin. Ushbu holatning xavfliligi uning tez rivojlanishidir. Bundan tashqari tibbiyot soрasida har doim ham gipertermik sindromga shubha qilinavermaydi va shuning uchun ham sindrom oʻz vaqtida aniqlanmaydi va davo choralari koʻrish kechikadi. Gipertermik sindromning bolalarda koʻp kuzatiladigan turi – yomon sifatli gipertermiya holatidir, ushbu holat jarrohlik amaliyotidan soʻng rivojlanadi. Pediatriya sohasida 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda bu holat alohida atama – Ombredan sindromi deb yuritiladi.
Bolalarda gipertermik sindrom sabablari
Bolalarda gipertermik sindrom boshqa har qanday tana harorati koʻtariluvchi holatlar singari organizmning himoya mexanizmi hisoblanadi, koʻpincha infeksion omilga qarshi yuzaga chiqadi (bakteriya, virus va boshqalar). Faqatgina, bu holatda jarayon hayot uchun muhim boʻlgan aʼzolar va aʼzolar tizimini qamrab oladi. Gipertermik sindrom kelib chiqishiga koʻplab sabablar mavjud va koʻpgina kasalliklar bilan birga namoyon boʻladi: gripp, OʻRVI, qizilcha, suvchechak, septik holat va shu kabilar. Boladagi nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan kamchiliklar, bosh miya jarohatlari va oʻsmalari ham patologik holat rivojlanishida katta rol oʻynaydi. Nasliy moyillik ham isbotlangan.
Tana harorati koʻtarilishi nafas olish sonining ortishi, natijada qonda atsidoz kelib chiqishiga sabab boʻladi. Bir vaqtning oʻzida ter ajralishi koʻpayadi va gipovalemik holat yuzaga chiqadi, yaʼni natriy va kaliy ionlari konsentratsiyasi kamayadi.
Shu kabi mexanizmlar bosh miyadagi termoregulyatsiya markazlariga taʼsir oʻtakazadi va gipotalamus orqali tana harorati yanada koʻtariladi. Issiqlik ajratish periferik qon-tomirlar spazmi hisobiga kamayadi, shu sababli gipertermik holat saqlanib qoladi. Uzoq muddat tana harorati yuqori boʻlib turishi hujayra membranalaridagi lipid barerning jiddiy buzilishiga sabab boʻladi, bu esa qon tomirlar oʻtkazuvchanligi ortishi, bosh miya shishi, siydikda oqsil paydo boʻlishi va boshqa holatlarga olib keladi.
Bolalarda gipertermik sindrom belgilari
Bolalarda gipertermik sindrom yaqqol namoyon boʻladigan belgilar bilan kechadi. tana harorati kritik koʻrsatkichlarga qadar koʻtariladi – 39,5 °C va undan yuqori. Bola umumiy ahvoli ogʻirlashadi, holsizlik yoki kuchli qoʻzgʻaluvchanlik kelib chiqadi, bola ishtahasi yoʻqoladi, koʻpincha qayt qiladi. Teri rangi kulrang tusga kiradi, “marmar tosh” kabi koʻrinishga kelib qoladi. Avvaliga, teri qoplami issiq boʻladi, tana harorati uzoq muddat yuqori boʻlib turishi natijasida sovib ketadi, ayniqsa qoʻl va oyoqlarda bu aniq bilinadi. Bola nafas olishi tezlashadi va yuzaki boʻladi.
Gemodinamika buzilishi taxikardiya, arterial bosim pasayishi, mikrosirkulyatsiyaning buzilishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Mikrosirkulyatsiyaning buzilishi miya shishiga sabab boʻladi va bu bolada sudorgi (talvasa), hush yoʻqolishi va gallyutsinatsiyalarga sabab boʻladi. Ogʻir koʻrinishlarida bola xohlamagan holda peshob va najas ajralishi kuzatiladi. Qorin sohasida qon tomirlar spazmi hisobiga ogʻriqlar paydo boʻlishi ham mumkin. 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda gipertermik sindrom koʻpincha oʻpka shishi bilan asoratlanadi.
Bolalarda gipertermik sindrom diagnostikasi
Tana harorati oshishi termometr yordamida aniqlanadi. Haroratni oʻlchash qoʻltiq osti sohasida yoki qoʻl va oyoq barmoqlarida oʻtkaziladi. Toʻgʻri ichak sohasida ham haroratni oʻlchash muhim hisoblanadi. Bunda tana va toʻgʻri ichak sohasida oʻlchangan harorat farqi doimo 1 °C dan koʻp boʻladi. Oddiy isitmadan farqli ravishda, giyertermik sindrom bolalarda nevrologik simptomlar qoʻshilishi bilan xarakterlanadi. Teri qoplamining sovuq boʻlishi, qon aylanishing markazlashuvi ham gipertermiyaning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Fizikal koʻruvda pediatr taxikardiya, nafas olish soni ortishi, arterial bosim pasayishini aniqlashi mumkin. Umumiy qon analizida – leykotsitoz va ECHT oshishi, disproteinemiya, atsidoz kuzatiladi. Siydikda oqsillar topiladi. Asosiy kasallikni aniqlash maqsadida – koʻkrak qafasi rentgenografiyasi, qonning laborator analizi va siydikda infeksiyalarni aniqlash kabi tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Bolalarda gipertermik sindrom davosi
Davo muolajalari statsionar sharoitda olib boriladi yoki ogʻir holatlarda reanimatsiya boʻlimlarida. Tana haroratini normal koʻrsatkichga keltirish va boshqa simptomlarni bartaraf etish kerak boʻladi. Eng muhim tana harorati sekin astalik bilan tushirib borilishi zarur, shunda yurakka tushadigan zoʻriqish oldi olinadi. Agar teri qoplamasi issiq boʻlsa – fizik usullar qoʻllaniladi, teriga muz solingan xaltacha, sochiq qoʻyish. Bolalarga tana harorati pasaytiruvchi nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar buyuriladi, ammo bu usullar bolalarda gipertermik sindromni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasligi mumkin.
Sirkulyatsiya buzilishida steroid preparatlar va askorbin kislotadan foydalaniladi, bu vositalar kapillyarlar oʻtkazuvchanligini normallashtiradi. Regidratatsion terapiya oʻtkaziladi: qayt qilish kuzatilamasa, koʻproq suv ichish, tuzli eritmalar peroral qabul qilish buyuriladi, boshqa holatlarda vena ichiga tuzli eritmalar yuboriladi.
Periferik spazmolitik preparatlar qon aylanishi markazlashishini bartaraf etish uchun qoʻllaniladi. Gipertermik sindromga sabab boʻlgan asosiy kasallikni davolash maqsadida – antibiotik va viruslarga qarshi vositalar buyuriladi.
Bolalarda gipertermik sindrom oqibati va profilaktikasi
Oʻz vaqtida oʻtkazilgan davo muolajalari natijasida gipertermik sindrom oqibati koʻp hollarda ijobiydir. Tashxisning kech qoʻyilishi va kasallikning ogʻir kechishida qaytmas nevrologik asoratlar kelib chiqishi mumkin, bosh miyada epileptik oʻchoq paydo boʻlishi va tana haroratining kichik koʻrsatkichlarda koʻtarilishi ham talvasalarga sabab boʻladi. Gipertermik sindromning uzoq muddat davom etishi oqibatida surunkali buyrak yetishmovchiligi, miokardit, buyrak usti bezidagi oʻzgarishlar va boshqa patologiyalar kelib chiqadi.
Bolalarda gipertermik sindrom oldini olish uchun tana haroratining koʻtarilishiga sabab boʻluvchi patologiyalar (bosh miya jarohati va bosh miya shishi, nevrologik kasalliklar va boshqalar) dan qochish talab etiladi. Virusli va bacterial kasalliklarni oʻz vaqtida davolash ham gipertermik sindrom rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kasalliklar
belgilari, Bolalarda gipertermik sindrom — sabablari, tashxislash va davolash asoslari