Sil kasalligiga chalingan shaxslarning qonundagi majburiyatlari qanday? haqida malumot
Qonunchilikda aholini sil kasalligidan muhofaza qilish, umuman ushbu xastalikka chalingan bemorlarning haq-huquqlari va imtiyozlari nimalardan iborat?
Xabaringiz bor, 2001 yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasining «Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan. Uning 5-moddasida aholini sil kasalligidan muhofaza qilishning huquqiy asoslari belgilangan. Ya’ni, aholini sil kasalligidan muhofaza qilishga oid profilaktika tadbirlari, tibbiy ko‘riklar o‘tkazish va aholini sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarida, shuningdek, davlat sog‘-liqni saqlash tizimining boshqa muassasalarida davolash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liq-ni saqlash vazirligi belgilangan tartibda majburiy tarzda VSS bilan chaqaloqlarni vaksinatsiya va bolalarni revaksinatsiya qilish hamda tuberkulin yordamida tashxis qo‘yishni amalga oshiradi. Vazirlik majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yohud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud bo‘lgan shaxs-larning bajarishi ijozat etilmaydigan ishlar ro‘yxatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Ro‘yxatda ko‘rsatilgan ishlarni bajarishi ijozat etilgan shaxslarni majburiy tibbiy ko‘rikdan va bakterioskopik, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan davriylikda rentgen-flyuorografiya tekshiruvidan o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Sil kasalligining yuqumli shakllariga chalingan bemorlarning yotoqxonalarga ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bemorning yashash, ish, o‘qish joylarida (epidemiya o‘choqlarida) epidemiyaga qarshi va sog‘lomlashtirish tadbirlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Undan tashqari, sil kasalligiga chalingan shaxslarning majburiyatlari qonunning 12-moddasida belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, sil kasalligiga chalingan bemorlar:
- Jamoat joylarida, ish, o‘qish joyida, jamoat transportidan foydalanishda, shuningdek yashash joylarida shu toifadagi bemorlar uchun belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishga.
- Tibbiyot xodimining davolanish rejimiga, kundalik turmush va ishdagi yurish-turishiga doir tavsiyalarini bajarishga;
- Tibbiyot xodimining chaqiruviga muvofiq sil kasalligiga qarshi kurash muassasasiga kelishga;
- Turar joyi o‘zgargan taqdirda o‘n kunlik muddat ichida yangi joydagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasida hisobga turishga majburdirlar.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan va shifokor belgilagan davolanishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar, deb yozib qo‘yilgan.
© silning-davosi-bor.uz
Kasalliklar
Sil kasalligiga chalingan shaxslarning qonundagi majburiyatlari qanday?