Toshma nima? haqida malumot

Toshma nima? haqida malumot

Toshmalar yuqumli yoki allergik bo‘lib organizmning zaharlanlanishi, tomirlar o‘tkazuvchanligi oshishi natijasida paydo bo‘ladi. Allergik toshmalar har xil ovqatlar yoki har xil dorilar iste’mol qilgandan so‘ng kuzatiladi. Bemor toshmalar qanaqa ovqatdan va qachon paydo bo‘lganligini ayta oladi.

toshma

Yuqumli kasalliklarda toshma bemor bilan bevosita muloqotdan so‘ng paydo bo‘ladi. Bolalar o‘rtasida suvchechak, qizamiq, qizilcha, skarlatina kabi toshmali infeksiyalar mavjud. Suvchechak bog‘cha, maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida keng tarqalgan kasallik bo‘lib, mavsumi bahor –kuzdir. Sababi virus sovuqqa, issiqqa chidamsiz. Kasallikning yashirin davri 14-21 kun bo‘lib bola terisida mayda- mayda toshmachalar bir necha soatdan sung toshmalar tinik suv paydo kiladi. Toshma butun tana terisida sachroq og‘ir xollarda kushiluvchan buladi.Kasallikning engil. urta ogir. shakllari bor.Kasallikning kechishi bolanining immunitetiga. tushgan virusning mikdoriga boglik, Toshma toshish davri 5 kun davom etadi.

Kasallikning 5-6 kunidan toshmalar o‘rniga nuqtasimon chandiqlar paydo bo‘ladi. Bu kasallikning sog‘ayishini bildiradi.Toshma davrida bolaning tana harorati ko‘tarilishi 37,8-38 daraja. Ko‘ngil aynishi, qusish, terida qichish, ayrim hollarda quruq yo‘tal belgilari bilan o‘tadi.

Toshma ko‘z shilliq pardasida og‘iz bo‘shlig‘i, yuqori tanglayda, orqa miya pardalarida ham kuzatilishi mumkin. Suvchechakdan so‘ng bir umrlik immunitet qoladi, lekin suvchechak katta yoshdagi bemorlarda, homilador ayollarda ham uchrashi mumkin. Homilador ayollarda homilaning 1-2 yarmida butun tana terisida suvli toshmalar, tana haroratining ko‘tarilishi organizmning zaharlanishi belgilari bilan o‘tadi.

Kasallikning engil, o‘rta og‘ir shakllari uy sharoitida davolanishlari mumkin. Kasal bola alohida xonaga yotqizilib, alohida choyshab, idish -tovoq ajratiladi. Bemor bolaga 2-3  litrgacha suyuqlik, sharbatlar vitamin, sabzovotlarga boy ovqatlar, suyuq bug‘ga pishirilgan holda, sutkada 4-5-marta iste’mol qilishlari kerak.

Tana harorati ko‘tarilganda paratsitomol tabletkasi, teri qichishiga qarshi diozolin, suprastin tabletkalari virusga qarshi anaferon 1tabletkadan 3-4 marta tavsiya qilinadi. Teriga yiringli infeksiyalarini oldini olish uchun 1%li Brilliant ko‘ki, Fukarsil surtiladi. Bolaning ahvoli og‘irlashganda, organizmning zaharlanishi yuqori bo‘lganda, bolalar statsinarga yotqiziladi. Kasallikdan so‘ng bir umrlik immuntet qoladi. Homilador ayollar statsionar sharoitida davolanishlari shart. Homilador ayol o‘z vaqtida shifokorga murojoat qilganda ona va bolada kasallik asoratsiz o‘tishi mumkin.

Qizamiq ham toshmali infeksiya bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi ko‘zda shish, terida etapli toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. Toshma toshishiga qarab kasallikni kunini aniqlab bo‘ladi. 1 kun toshma yuz, ko‘krakda, 2 kun qorin, bel sohasida, 3- kun oyoqlarda, yuzida esa pigmentatsiya paydo qiladi. Qizamiq kasalligiga xos toshma oldi belgi bu yuqori tanglayda oq dog‘- Filatov –Koplik dog‘i xarakterlidir. Qizamiq kasalligi keyingi yillarda deyarli uchramayapti. Bu rejali emlashlar natijasidir.

Qizamiq kasalligiga o‘xshash, lekin engilroq o‘tadigan ko‘proq asorat beradigan yana bir toshmali infeksiya bu qizilchadir. Qizilcha 8-14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchrab terida mayda papulo vezikulez toshma (qizamiqdan ko‘ra mayda), eng xarakterli belgisi limfa tugunlarining kattalashuvidir. Qizilchadan so‘ng bir umrlik immuntet qoladi.

Lekin muammo shundaki, qizilcha bilan homilador ayol og‘riganda bola tug‘ma nuqsonlar: tug‘ma yurak nuqsoni, quyon lab, burun- tanglay nuqsonlari bilan tug‘ilishi mumkin. Homilador ayollar qoni hozirgi vaqtda TORJ- infeksiyaga teshirilayapti, lekin homilador ayol qon zardobida qizilchaga titr yuqori bo‘lganda kasallik belgilari bo‘lmasa, bu homilador ayolning kasallikni qachondir o‘tkazganligi bolaga xavf tug‘dirmasligini bildiradi.

Hurmatli ota-onalar toshmali kasalliklar kuzatilganda tezda shifokorga murojaat qiling. Bu bolangizni sog‘lom, barkamol o‘sishiga yordam beradi. Sport bolangizni chiniqtiradi!

Ramazonova O.K.
Oliy toifali infeksionist.
buxvssb.uz

Kasalliklar
Toshma nima?