Cho‘kish — sababi, turlari va birinchi yordam haqida malumot

Cho‘kish — sababi, turlari va birinchi yordam haqida malumot

Cho‘kish – bo‘g‘ilishning mexanik turi hisoblanib, o‘pkalarning suvga to‘lishi natijasida rivojlanadi. O‘lim xavfining rivojlanish vaqti va harakteri organizmning holati va tashqi omillarga bog‘liq. Har yili butun yer shar bo‘ylab 70 000 ga yaqin kishilar suvga g‘arq bo‘lib o‘ladi. Ularning asosini yosh erkaklar va bolalar tashkil etadi.

chokish haqida

Cho‘kish sabablari

  • Alkogoldan mast bo‘lish;
  • Insonda yurak kasalliklari mavjudligi;
  • Suvga kalla tashlaganda umurtqaning zararlanishi;
  • Haroratning keskin farqlanishi.

Cho‘kish turlari

Haqiqiy cho‘kish – bunda nafas yo‘llari alveolalargacha suv bilan to‘ladi. Suv bosimi ostida alveolyar to‘siqchalardagi kapillyarlarning yorilishi natijasida suv va boshqa suyuqliklarning qonga o‘tishi kuzatiladi. Bu eritrotsitlarning parchalanishi, va suv-mineral balansini buzilishiga olib keladi.

Asfiktik cho‘kish  bunda suvning nafas yo‘llariga o‘tishi xisobiga laringospazm va nafas yo‘llari spazmi natijasida kislorod yetishmasligi natijasida bo‘g‘ilishi (gipoksiya) kuzatiladi.

Sinkopal cho‘kish  bunda nafas va yurak faoliyatini reflektor to‘xtashi natijasida o‘lim kuzatiladi. Cho‘kishning bu turi kuchli emotsional stress yoki sovuq qotish natijasida rivojlanadi.

Cho‘kish belgilari

Klinik belgilar cho‘kishning turiga bog‘liq:

Haqiqiy cho‘kishlarda teri va shilliq pardalarning ko‘karishi (sianoz), nafas yo‘llaridan pushti ko‘piklarning otilib chiqishi, bo‘yin va yoq-qo‘llardagi venalarning bo‘rtib chiqishi kuzatiladi.

Asfiktik cho‘kishlarda teri va shilliq qavatlar sianozi kuzatilmaydi, o‘pkadan mayda pufakchali pushti rangli ko‘piklarning ajralishi kuzatiladi.

Sinkopal cho‘kishda kapillyarlar spazmi hisobiga teri oqaradi. Cho‘kishning bu turi xavfsizroq bo‘lib, suv ostida 10 daqiqa va undan ortiq vaqt qolgan paytlarda ham tiriltirish mumkin.

Dengiz suvlaridagi cho‘kish, oddiy chuchuk suv xavzalaridagi cho‘kishdan xavfsizroq xisoblanadi. Cho‘kishdagi birinchi yordam reanimatsion tadbirlarni o‘tkazishdan iborat.

Suvda cho‘kkan insonga qanday yordam beriladi?

Suvda cho‘kayotgan insonni olib chiqish  juda xavfli holat. Inson cho‘kayotgan vaqtda «o‘lim qo‘rqinchi” hisobiga uni qutqarayotgan insonni ham cho‘ktirib yuborishi mumkin. Shuning uchun jismoniy quvvatingiz yetmasa, ikki yoki uch kishi bo‘lib qutqarish kerak.

© gepamed.uz

Kasalliklar
Cho‘kish — sababi, turlari va birinchi yordam