Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak? haqida malumot
Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra ko‘krak suti balan parvarishlanayotgan bolalar 6 oylik bo‘lgunlaricha ularga suv ichirmasa ham bo‘ladi. Chunki barcha kerakli suyuqlikni go‘dak ona sutidan oladi. Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oralig‘ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?
Ko‘pchilik onalar “Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?” deb so‘rashadi. Aytish joizki, bunda go‘dak organizmining suvga ehtiyoji ham hisobga olinadi. Demak, sog‘lom go‘dakka suvni majburlab ichirish kerak emas. O‘zi qancha hohlasa shuncha ichsin, lekin me’yordan oshmasin. Ovqatlantirish o‘rniga suv berish ham noto‘g‘ri. Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.
Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig‘ida, ya’ni kun davomida bir oylik chaqaloqlarga 60 millilitr (uch qoshiq)dan, 3 oylikkacha bo‘lganlariga 60-130 millilitr (3-6 oshqoshiq)dan, yarim yoshgacha 130-180 millilitr (6-12 oshqoshiq)dan, 6 oylikdan 1 yoshgacha 260 millilitr (1 stakan)dan ko‘p suv bermaslik kerak. Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.
Bola salomatligida ayrim muammolar bo‘lganida pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bog‘liq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.
Giyohli choylarni ichirish
Giyohli choylarni ichirishni oz-ozdan boshlab, miqdori sekin-asta ko‘paytiriladi. Umuman, bolalarga duch kelgan giyohli choy ichirishdan avval shifokor bilan maslahatlashgan ma’qul.
Bolaning ichi qotganda va qorni dam bo‘lganda moychechakli choy ichirish yordam beradi. Buning uchun moychechak gullarining bir oshqoshig‘i ustidan bir stakan qaynoq suv quyiladi va ustiga qopqoq yopib 1,5 soatga qoldiriladi. So‘ng dokadan suzib o‘tkazilib, bolaga kuniga 3-4 mahal ovqatlantirishdan oldin bir oshqoshiqdan ichiriladi.
Ichak sanchig‘ida va ishtaha buzilganida arpabodiyon (fenxel) damlamasi yordam beradi. Bu ichimlik arpabodiyon urug‘laridan tayyorlanadi. Bir oshqoshiq arpabodiyon urug‘i ustidan bir stakan qaynoq suv quyib ikki soatga damlab qo‘yiladi. Damlama dokadan suzib o‘tkazilgach bir oylikdan oshgan go‘dakka iliq holida ovqatlantirishlar oralig‘ida kuniga 3-4 mahal bir desert qoshiqchasida beriladi. Arpabodiyon ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, oshqozon shirasi ajralishini rag‘batlantiradi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Bu esa ovqat yaxshi hazm bo‘lishi va so‘rilishini taminlaydi. O‘simlik tarkibidagi moddalar gaz yig‘ilishining oldini olib, ularning ichakdan tezda o‘tib ketishiga sharoit yaratadi.
Jo‘ka (lipa) li choy shamollash, yallig‘lanishga qarshi va siydik haydovchi ta’sirga ega. Bunday choy tayyorlash uchun lipa gullarining bir choyqoshig‘i ustidan bir stakan qaynoq suv quyilib, yarim soatga damlab qo‘yiladi. So‘ng dokadan o‘tkazilib, iliq holida 4 oylikdan oshgan bolaga kuniga bir necha mahal taklif etiladi.
Chakanda (oblepixa) li choy avitaminoz va anemiyaning oldini oladi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday choyni tayyorlash uchun chakandaning quritilgan mevalarini bir choyqoshig‘ining ustidan bir stakan qaynoq suv quyib, bir yarim soatga damlab qo‘yish kerak. So‘ng dokadan suzib o‘tkazib, iliq holida 5 oylikdan oshgan bolaga ovqatlantirishlar oralig‘ida bir oshqoshiqdan ichiriladi.
Issiq kunlarda go‘dak yetarli miqdordagi suyuqlikni qabul qilmasa, uning organizmida – suvsizlanish yuzaga kelishi mumkin. Organizm suvsizlanganida go‘dak lanj bo‘lib qoladi, yig‘lashga ham madori bo‘lmaydi. Bunday vaqtda bolada peshob miqdorining kamayishi, lablari qurishi, liqildog‘i cho‘kishi, teri bujmayishi, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlarning sovib, oqarishi, puls (tomir urishi) susayishi, ko‘zlar ich-ichiga botishi kabi holatlar ro‘y beradi. Shu singari belgilar kuzatilganda bolaga darhol suv ichirish kerak.
Organizm suvsizlanganda shifokor ko‘rigi ham zarur. Go‘dakka birdaniga ko‘p suyuqlik bera ko‘rmang, aks holda bu uning buyraklariga ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa issiq yoz oylarida kichkintoyingizni suvsizlanib qolishidan ehtiyotlang.
Ushbu maslahatlarni ham o‘qing: Emizikli onalar uchun pediatrning muhim tavsiyalari
Rayhon MUDARISOVA, pediatr.
«Sihat-salomatlik» jurnali.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.
Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit
Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Kasalliklar
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?