Gormonal o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi signallar haqida malumot

Gormonal o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi signallar haqida malumot

Gormonlar hayotimizning muhim qismidir. Ammo biz ular bilan muammo kelib chiqmagunicha buni o‘ylamaymiz ham. Hayotingizda ma’lum davrlar kelishidan oldin gormonlar o‘zlari haqida eslatadilar. Avvalo, aynan qaysi muammolar gormonal muvozanatning buzilishini keltirib chiqarishini aniqlab oling. Quyida berilgan muammolar sizga oddiy tuyilishi mumkin. Ammo aynan ular gormonal o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi signallar bo‘lishi mumkin.

Surunkali charchoq

To‘g‘ri charchoqni hamma sezadi. Agar u bir uxlab turgandan keyin ham o‘tib ketmasa bu gormonlarning “o‘yini” bo‘lishi mumkin. Organizmda me’yordan ortiq miqdorda progesteron gormoni ishlab chiqilganda, odam mana shunday uyqusiragan holatda yuradi. Charchoqning yana bir sababini qalqonsimon bezning disfunksiyasidan izlash lozim. Bunda qon tahlili hammasiga aniqlik kiritadi.

Uyqusizlik

Progesteron miqdori pasayib ketishi ham mumkin. Agar shunday bo‘lsa uxlash qiyinlashadi va uyqu to‘liq bo‘lmaydi.

Xotira bilan muammolar

Estrogen va progesteron miqdoridagi o‘zgarishlar xotira va aniq fikr yuritish qobilyatini susaytiradi. Ammo bu qalqonsimon bez faoliyati buzilganda ham kuzatiladigan holat. Shuning uchun shifokorga murojaat qiling.

Yuzdagi doimiy husnbuzarlar

Agar husnbuzarlar hayz kunlaridan avval paydo bo‘lsa, bu normal holatdir. Biroq ular hech tark etmasa-chi? Ehtimol androgen miqdori ko‘paygan bo‘lishi mumkin.

Ko‘krak atrofidagi o‘zgarishlar

Agar ko‘krakka tekkanda u har doimgidan ko‘ra yumshoqroq bo‘lsa, estrogen miqdori tushgan, agar aksincha bo‘lsa estrogen ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Har qanday vaziyatda ham shifokor bilan maslahatlashing.

Hayz sikli buzilsa

Agar hayz kunlari o‘zgarsa, yoki umuman hayz ko‘rmay qo‘ysangiz estrogen va progesteron miqdorini tekshirtiring. Bu hattoki tuxumdonlarda kista borligidan darak ham bo‘lishi mumkin.

Ishtahaning ko‘tarilishi

Estrogen gormoni tushib ketganida leptin nomli gormonga ta’sir ko‘rsatadi. Leptin esa ochlik hissini boshqaradi.

© Sugdiyona.uz nashri.

Kasalliklar
Gormonal o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi signallar