To‘g‘ri ovqatlanish va antibiotiklar haqida malumot

To‘g‘ri ovqatlanish va antibiotiklar haqida malumot

Kuzning namgarchiligi, qishning ayozli sovuq kunlari, gripp xastaligi, O‘RVI kabilar kishini muntazam hapdori, inyeksiya, yo‘talga qarshi malham dori-darmonlarni iste’mol qilishga majbur qiladi.

Bunday paytlarda har bir bemorning hech bo‘lmaganda bir marotaba bo‘lsada antibiotik qabul qilishiga to‘g‘ri kelgandir. Ammo kamdan kam odam bu davo muolajasining samarali ta’siri ko‘pincha bizning taomnomamizga bog‘liq ekanligidan xabardor. Bunday holatlarda tabiiy meva-sabzavot, sharbatlarning o‘ziga xos muhim o‘rni bor.

Inson organizmi uchun kundalik suyuqlik miqdorining hajmi ikki litr hisoblanadi. Ammo xasta odam antibiotiklar qabul qilayotgan paytda suyuqlik miqdorini 3-3,5 litrdan kamaytirmasligi zarur. Bu suyuqliklarni birdan ichish emas, balki vaqti-vaqti bilan iste’mol qilish lozim. Birinchi navbatda mevali sharbatlarga e’tibor qarating. Bularga organizmni infeksiya bilan qarshi kurashishga ko‘maklashuvchi hamda uning tarkibida C vitamini bor limonli choy va na’matakli damlama kiradi. Askorbin kislotasiga ayniqsa, olma, qulupnay, shaftoli, apelsin sharbati nihoyatda boy sanaladi.

Dorilarni qabul qilish vaqti yarim yoki bir stakan suyuqlik ichish darkor. Ana shunda u me’da shilliq qavatiga nojo‘ya ta’sir etmaydi. Ammo bu qoidaning ham o‘ziga xos istisnoli jihatlari bor. Masalan, sulfanilamidli preparatlarni yaxshisi gazsiz ishqorli mineral suv bilan ichganingiz ma’qul. Bunda choy va qahva ichish mutlaqo ta’qiqlanadi. Zero, uning tarkibida dori-darmonning ta’sirini kamaytiradigan moddalar mavjud. Shuning uchun bunday sharbatlarni antibiotiklarni ichgandan so‘ng bir soatdan keyin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Antibiotiklar bilan davolanish chog‘ida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish ham mumkin emas. Shuningdek, ushbu davo muolajalarini olishda immun tizimini muntazam protein bilan oziqlantirib turmoq lozim. Bunda baliqning turli xil turlaridan iste’mol qilib turish kerak. Shuni unutmangki, baliq mahsulotlarining kunlik me’yori 250 gr. Har tong nonushtaga qizil, yoki qora ikradan tayyorlangan ikki dona buterbrod iste’mol qilinib turilsa maqsadga muvofiq sanaladi. Agarda siz go‘shtli mahsulotlardan tanovul qilmoqchi bo‘lsangiz qo‘y go‘shtidan biroz o‘zingizni tiyganingiz ma’qul. Uy tovug‘i, buzoq, kurka, quyon go‘shti (kunlik me’yor 200g.)dan iste’mol qilishingiz mumkin.

Go‘shtli mahsulotlarni davolanish chog‘ida qanday tartibda tayyorlash mumkin?

Bug‘da pishirilgan go‘shtli mahsulot foydaning koni sanaladi. Bunday paytda eng tansiq taom bug‘da pishirilgan kotlet hisoblanadi. Ammo bunday mahsulotning qovurilganidan biroz tiyilganingiz ma’qul. Sababi qovurilgan mahsulot antibiotiklarning faolligini kamaytiradi.

Tajribali shifokor bemorga antibiotiklar tavsiya etayotgan chog‘ida uni hech qanday sutli mahsulotlar bilan aralashtirmaslik lozimligini uqtirib borish lozim. Antibiotiklar ko‘pgina sutli mahsulotlar, balki nordon sharbatlar, gazli ichimliklar, vino va tarkibida sirka mavjud taomlarni ham xush ko‘rmaydi. Shuning uchun dori vositasi haqidagi yo‘riqnomada antibiotikning boshqa mahsulotlar bilan birga iste’mol qilib bo‘lmasligi haqida eslatmalar mavjud. Tetratsiklin, penitsillin kabi antibiotiklar sutli mahsulotlar bilan kelishmaydi.

Davolanish kursi tugagach xasta odam yogurt, kefir, sutli mahsulotlar iste’mol qilishi lozim. Agarda siz bioyogurt va kefir organizmni disbakteriozdan himoya qiladi deb o‘ylasangiz biroz yanglishasiz. Zero, bu mahsulotlar tarkibida maxsus bakteriyalar mavjud. Bu bakteriyalar bizning organizmimizga yaqin emas.

Tabiiy mikroflorani tiklanishida o‘simlik kletchatkalari va vitaminlar yordam beradi. Olma, banan, maymunjon, malina kabi rezavor o‘simliklar tarkibida bunday ingridiyentlar bor. Ular lakto va bifidobakteriya tizimiga samarali ta’sir ko‘rsatib ulardan yot mikroblarni tashqariga chiqarib tashlashga ko‘maklashadi. Natijada qon tozalanadi. Moddalar almashinuvi yaxshilanadi va ichak faoliyati tiklanadi.

Antibiotik bilan davolanish jarayonida taomnomaga artishok (o‘tsimon poliz o‘simligi) barra piyoz, sachratqi, sarimsoqpiyoz, jo‘xori, suli yormasi, javdar mahsuloti, loviya, meva sharbatini qo‘shish antibiotiklarning organizmda yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

© Irina LIVЕRKO, tibbiyot fanlari doktori.
Soglom.uz nashri.

Kasalliklar
To‘g‘ri ovqatlanish va antibiotiklar