Toshbaqa bilan burgut

Toshbaqa bilan burgut

Toshbaqa bilan burgut

DO`STLARGA ULASHING:

Toshbaqa osmonda uchib yurgan Burgutni ko‘rib, o‘zining ham uchgisi keldi va Burgut yerga qo‘nganida uning oldiga borib: «Qancha xizmat haqi so‘rasang beraman, faqat meni uchishga o‘rgat», deb yolvordi.
Garchi Burgut, buning iloji yo‘q, sen ucha olmaysan, deb qancha uqtirsa ham Toshbaqa ko‘yarda- qo‘ymay unga yolvoraverdi. Axiri bo‘lmagach, Burgut Toshbaqani changaliga olib osmon-falakka ko‘tarildi va o‘sha yerdan uni qoyatoshlar ustiga tashlab yubordi. Shunda Toshbaqaning kosalari chilparchin bo‘lib joni uzildi.
Masal deydiki, ko‘pchilik odamlar o‘zlarini boshqalardan kam yeri yo‘q deb hisoblab, raqobatga ruju qo‘yadilar va dono kishilarning o‘gitiga quloq solmay, o‘zlarini nobud qiladilar.

Toshbaqa bilan burgut