Varikotsele tezkor jarrohlikka muhtojmi haqida malumot

Varikotsele tezkor jarrohlikka muhtojmi haqida malumot

Savol: Harbiyga yaroqliligimni aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganimda shifokor-urolog menda xatarli «Varikotsele» kasalligi borligini aniqladi. Emishki, zudlik bilan operatsiya qildirmasam, kengaygan ko‘k tomirlar moyaklarni bo‘gib, ularni ishdan chiqazishi mumkin ekan. Bepusht bo‘lib qolmaslik uchun tezda davolanishim zarur ekan. Ularning fikri nechog‘li asosli?

Diagnostika va muolajalar

Javob: Taniqli olim I.F.Yu ida (1973) bepushtlik kelib chiqishida urug‘ tizimchasi vena qon tomirlarining varikoz kengayishi kasalligi — varikotselening oqibati adabiyotlarda ancha bo‘rttirib ko‘rsatilganligini qayd etgan. Varikotsele va moyak istisqosi (vodyanka) dardlarining spermatogenez jarayoniga salbiy ta’siri o‘xshash va albatta, ular moyaklarda qon aylanishining surunkali qiyinlashuviga olib keladi. Eramizning I asridayoq Qels varikotsele bilan shikastlangan tomondagi moyaklarda qon buzilib, atrofiyaga uchrashi mumkinligini ta’kidlagan. 1952 yilda Tillox bepushtlik kelib chiqishida varikotsele dardining ahamiyati xususida ilmiy xulosalarini e’lon qilgan. Varikotsele asosan chap tomondagi moyakni shikastlab, erkaklarning 10 foizida uchraydi. Bu erkaklarning 50-55 foizining shahvati tarkibida ma’lum salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan. Ammo «bu kasallik 40 foiz erkaklarning bepushtligiga sabab bo‘ladi», degan fikr o‘ta bo‘rttirilgan va bugunda asossizligi ma’lum bo‘lmoqda. Odatda, moyaklardan venoz qon oqib chiqish jarayoni buzilishiga venoz klapanlar kamligi, bu tomirlar devorlari nozikligi, ularning ichki sig‘imi torligi hamda yorg‘oqning pastda joylashganligi sabab bo‘ladi. (I.I.Epshteyn, 1959 y.).
Varikotsele kasalligi og‘ir bosqichlarga o‘tsa, (bu holda yorg‘oq ichi paypaslab ko‘rilganda moyak girdi chirmoviqday kengaygan qon tomirlar bilan o‘ralgan bo‘ladi) jarrohlik davo uslubi shart hisoblanadi. Ammo kasallikning boshlang‘ich bosqichi spermatogenez jarayoniga deyarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaganligi bois operatiya qilishga aslo o‘rin qolmaydi.

© Tib.islom.uz

Avitsenna.uz saytida quyidagi sara savol-javoblarni ham o‘qishingiz mumkin:

Kasalliklar
Varikotsele tezkor jarrohlikka muhtojmi