Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari haqida malumot
Ko‘pchilik erkaklarga ayollarda homiladorlik va emizish bilan bog‘liq badanidagi o‘zgarishlar yoqadi. Ayollarda esa tuqqandan keyin eriga nisbatan talpinish (jinsiy aloqaga ehtiyoj) pasayib ketadi. Buning sababi nima ekan?
Bu munosabat, aslida kuni bilan bola bilan ovora bo‘lgan onaning charchaganidan kelib chiqadi. Jinsiy aloqa haqida o‘ylash u yoqda tursin, «tezroq bolam uxlasayu, men ham to‘yib uxlab olsam» degan fikr ustun bo‘lib qoladi. Agar er uy yumushlarining bir qismini o‘ziga olib, bolani parvarish etishda xotinidan yordamini ayamasa, bundan o‘zi ham yutgan bo‘ladi. Ayollar esa biroz bo‘lsada eriga ahamiyat berishga, o‘zida, uyda romantik holatni yaratishga harakat qilmog‘i lozim. Albatta yotog‘ingizni hamma burchagida kir pelyonkalar va pamperslar yoyilib yotsa, jinsiy aloqa uchun yetarlicha sharoit bo‘lmaydi. Yana bir narsani unutmaslik kerakki, ayollarda emizish davrida jinsiy organlaridan jinsiy aloqani yumshatuvchi maxsus suyuqlik chiqishi sustlashadi. Bu esa erkaklardan yanada katta sabr va mehrni talab etadi. Agar erkakning barcha harakatlari ham ayolda lazzatlanish imkoniyatini yaratuvchi suyuqlik ajralishiga olib kelmasa, u holda sotuvda mavjud bo‘lgan maxsus lyubrikantlardan foydalanish mumkin.
Tug‘ishdan keyin ko‘krak holati
Tuqqandan keyin ko‘krak gormonal o‘zgarishlar tufayli ancha o‘zgarishlarga duch keladi. Uning jismoniy holati ham o‘zgarib kattaroq bo‘lib qoladi. Emizish davrida bemalol jinsiy aloqaga kirishish mumkin. Iloji boricha, jinsiy aloqani emizishdan keyin yoki sutni soqqandan keyin amalga oshirmoq lozim. Shunda ko‘krakda sut miqdori kam bo‘lib, aloqa jarayonida to‘kilishi kuzatilmaydi. Shuni unutmang, sizning ayollik go‘zalligingiz ayni ona bo‘lganingizda ochiladi.
Tug‘ishdan keyin homiladorlikdan saqlanish
Eringizni sevib, sevilayotgan paytingizda unutmang: emizikli ayol bo‘lishingizga qaramay, homilador bo‘lib qolish xavfi doim mavjud. Agar barvaqt homilador bo‘lishni istamasangiz, u holda quyidagi qoidalarga amal qiling:
- Emizishni kuniga kamida 7-8 marta amalga oshiring. Ayniqsa kechasi, uxlash paytidagi emizishlarni yo‘q qilmang;
- Agar tuqqandan keyin oy ko‘rgan bo‘lsangiz, u holda homilador bo‘lish xavfi ortadi;
Bu ikki qoida tuqqandan keyin 6 oy ichida o‘z saqlash qobiliyatini namoyon qilishi mumkin. Olti oydan so‘ng bu xususiyat yo‘qolib, emizishga va oy ko‘rmasligingizga qaramay homilador bo‘lib qolishingiz oson bo‘ladi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, emizikli ayollarda homilador bo‘lish xavfi past bo‘ladi, lekin amalda baribir homilador bo‘lib qolganlar kam emas. Shuning uchun, agar barvaqt homilador bo‘lishni istamasangiz, qo‘shimcha saqlanish usullaridan foydalaning.
Emizuvchi ayollar uchun saqlanish usullari
Agar oldin saqlanishning kalendar usulidan (ovulyatsiya kunlarini aniqlab u kunlardan boshqa payt jinsiy aloqaga kirishish) foydalangan bo‘lsangiz, bu usul tuqqandan keyin mutlaqo mos kelmaydi. Chunki tuqqandan so‘ng oy kuni qachon kelishini, uning uzunligini va davomiyligini aniqlash uchun bir necha oy talab etiladi.
Birinchi o‘rinda saqlanish usuliga prezervativlar kiradi. Bu eng oddiy va eng xavfsiz saqlanish usuli hisoblanadi.
Shifokor bilan maslahatlashgan holda saqlanish dorilarini ham iste’mol qilish mumkin. Lekin ko‘p hollarda, bu dorilar ta’sirida sut kamayib ketishi kuzatiladi. Saqlanish usullaridan yana biri — bu spiral. Uni tuqqandan so‘ng 8 haftada bachadonga o‘rnatiladi. Yangi bir saqlanish usuli bu implantlar. Implantni teri ostiga joylab (ukol yordamida) 3 oyga homiladorlikdan saqlanish ta’minlanadi. Svecha, plastir, maxsus qopqoqlar ham mavjud bo‘lib, ular bir oz qimmatligi bilan noqulaylik tug‘diradi.
Eng asosiysi, siz o‘z oilangizga mos usulini tanlab, er va xotin orasidagi munosabatingiz tuqqandan keyin yanada go‘zallashishini va takomillashib borishini, baxtli hayot uchun ta’minlang.
© Uzbaby.uz
Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.
Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.
Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden
Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/offer/alfavit-mamino-zdorove-vitaminno-mineralnyy-kompleks-tabletki-500-mg-n60
Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.
*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kasalliklar
Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari