Buyrakning pastga tushishiga sabab nima? haqida malumot
Savol: Ayrim kishilarda buyrakning pastga tushishi kuzatiladi. Bu nima sababdan sodir bo‘ladi va uni qanday qilib o‘z holiga qaytarish mumkin?
Javob: Nefroptoz kasalligi belgilari sifatida birdaniga vazn tashlash, beldagi jarohat, og‘ir jismoniy mehnat, og‘ir yuk ko‘tarish va buyrak yuqumli kasalliklarini keltirish mumkin. Bunday vaziyatda og‘ir ko‘tarish,sakrash, silkinishlarni qisqartirish, taomnomadagi go‘sht va tuz mahsulotlarini kamaytirish tavsiya etiladi. Kasallikning ilk bosqichida bemorga bandaj kiyish buyiriladi. Keyingi bosqichlarida esa zaruriy davo choralari qo‘llaniladi. Xastalikda bemor doim dispenser tekshiruvida bo‘lishi, buyrak ahvolini nazorat qilish uchun peshob va UTT tahlilini topshirish talab etiladi.
©“Doktor Press” gazetasi.
Kasalliklar
Buyrakning pastga tushishiga sabab nima?