Behi — astmaga qarshi vosita haqida malumot

Behi — astmaga qarshi vosita haqida malumot

Behi mevalarining shifobaxshligi qadim zamonlardan ma’lum . O‘simlik mevalari tarkibida 12 % ga qadar qand , 5 % ga yaqin organik kislotalar (olma, uzum ,limon kislotalari ) , efir moylari , pektin va oshlovchi moddalar , vitamin C , temir , mis , kalsiy tuzlari mavjud . Behi urug‘larida 20 % ga qadar shilliq , glikozid amigdalin , 8 % dan oshiq moy , bo‘yoq moddalar bor .

Foydali jihatlari

Xalq tabobatchiligida behi mevasining sharbati bilan , astma , yurak , sariq , xiqichoq , qorin og‘rig‘i dizenteriya kasalliklarini davolashgan . Bundan tashqari behidan bedarmonlik , kamqonlik , yo‘tal , me’da jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan . Abu Ali Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani dizenteriya , yo‘g‘on ichakning yallig‘lanishini davolashda , behi shirasi bilan astma , qon tupurish va qayt qilishni to‘xtatishda , chanqoq hamda miya og‘rig‘ini qoldirishda ishlatgan . Behi urug‘i asosida dori-darmonlar tayyorlab o’pka va nafas yo‘li kasalliklarini davolagan .

Xalq tabobatida behi urug‘i bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda , ichburug‘da , bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta’sir qiladi . Ilmiy medetsinada behi urug‘idan tayyorlangan qaynatma ko‘z og‘riganda , qabziyatda , yuqori nafas , yo‘llari shamollaganda davo sifatida ishlatiladi . Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kamqonlik bilan og‘rigan bemorlarga juda foydalidir.

  1. Behi asabni tinchlantiruvchi eng zo‘r vosita. Ayniqsa, bolalarda tushkunlik holati kuzatilsa, ushbu mevadan va sharbatidan ko‘proq iste’mol qilishsin. Behi kishini stressdan qutqarib, kuch bag‘ishlaydi.
  2. Gripp, shamollash va yo‘talda foydali. Bitta behining ichini o‘yib, 1-2 osh qoshiq asal soling. Qasqonda, bug‘da pishirib, tanovul qiling.
  3. Kuniga 100 gr. behi mevasidan iste’mol qilish kamqonlikda foydali, yurak xastaliklarining oldini oladi.
  4. Behi urug‘i qaynatilgan suv bilan angina bezovta qilganda tomoqni g‘arg‘ara qilish, ko‘zlarni chayish mumkin.
  5. Bronxial astmada behi daraxti barglarini qaynatib ichish naf beradi. Buning uchun 200 ml. qaynatilgan suvga 6 ta bargni solib, yarim soatcha qaynating. Damlamadan kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan oldin 2 osh qoshiqdan iching.
  6. 1 dona tuxum oqini ko‘pirtirib, unga 1 tomchi spirt va 2 osh qoshiq behi suvini qo‘shing. Ushbu aralashma bilan yog‘li yuzlarni tozalash mumkin.
  7. Yarimta behini qirg‘ichdan o‘tkazib, 2 osh qoshiq qaymoq qo‘shingda, yuz va bo‘yin sohangizga surting. Yarim soatdan so‘ng iliq suv bilan niqobni yuvib tashlang. Bu terini vitaminlarga to‘yintirib, sovuq kunlarda sizga asqotadi.
  8. Yuzdagi ajinlarni behi bo‘lagi bilan massaj qilish mumkin.
  9. Behi bargi yoki urug‘i qaynatilgan suvda sochlarni chayish qazg‘oqlardan xalos etadi.

Kasalliklar
Behi — astmaga qarshi vosita