Ozishga to‘sqinlik qiluvchi o‘n mahsulot haqida malumot
Shakar – ozishni istaganlar uchun eng birinchi asosiy qoida: shirin choy va sutli qahvani cheklang. Yaxshisi, asta-sekinlik bilan voz keching. Oshirma xamirli shirinliklar ham tavsiya etilmaydi.
Kartoshka – bu poliz ekinining foydasi bisyor. Ammo yog‘da qattiq qovurilgani tavsiya etilmaydi. Qovurilishi barobarida o‘ziga zararli xolesterinni yig‘adi. Bu esa organizmga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishini yaxshi bilasiz.
Kremli tortlar – ahamiyat bergan bo‘lsangiz ushbu turdagi shirinliklar ham bir necha turga bo‘linadi. Biri kremligi bo‘lsa, ikkinchisi quyiltirilgan sutlisi. Kremli tortlarning kaloriyasi ko‘p, shu bois qomatga zarar. Quyiltirilgan sutlisini esa oz miqdorda yeyish mumkin.
Guruch – ayniqsa oliy navi semirtirishga moyil bo‘ladi. Parhez tutayotganlar guruch iste’mol qilmaganlari ma’qul.
Tez tayyorlanadigan bo‘tqalar – hozirda bu turdagi mahsulotlarning hillari juda ko‘p. Tez tayyor bo‘ladigan bo‘tqalar tarkibida «quruq» uglevod ko‘p bo‘lib, to‘yinganlik hissini beradi. Ammo bu oshqozonni aldash, xolos.
Qovurma suyuq taomlarning yog‘lilik darajasi yuqori. Shu bois suyuq taomlarni qovurib emas, qaynatib pishirish tavsiya etiladi.
Yog‘li go‘sht, dudlangan kolbasa, sosiskalar – nafaqat ozishga xalaqit beradi, balki organizmning umumiy holatiga ham xavflidir. Bu turdagi mahsulotlarni juda oz miqdorda iste’mol qilish zarur.
Shprot balig‘i va yog‘i bor konservalar organizmdagi moddalar almashinuvini sekinlashtiradi. Bu esa hazm faoliyatiga ham ta’sir etmay qolmaydi.
Sariyog‘ – kaloriyasi ham tarkibidagi yog‘ miqdori ham ko‘p. Ammo shifokorlar sariyog‘dan butunlay voz kechishni tavsiya etishmaydi. Chunki A, E, PP, D vitaminlari, temir, magniy, natriy, fosfor kabilar inson organizmi uchun zarur. Shunga ham sariyog‘ni oz miqdorda tanovul qilgan ma’qul.
Mayonez qo‘shilgan salat va yeguliklar qomatga ziyon. Shuningdek, kartoshka chipslari, pista, qotirilgan non ham ozishni istaganlar uchun man etiladi.
Sugdiyona.uz nashri.
Kasalliklar
Ozishga to‘sqinlik qiluvchi o‘n mahsulot