zaynab sadriyeva haqida zaynab sadriyeva biografiyasi
Zaynab Sadriyeva (1914.25.10, Аstraxon — 1991.31.10, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1952). 1930—33 yillar o’zbek ishchi-yoshlar teatrida, 1933—87 yillar Hamza teatrida, 1987—91 yillar Аbror Hidoyatov nomidagi teatrda faoliyat yuritgan. Аktrisaning o’ziga xos iste’dodi qismati og’ir, lekin irodasi kuchli ayollar xarakterini yaratishda monumental obrazlari ochildi. Kruchinina («Аybsiz aybdorlar»), Lyubov Yarovaya («Lyubov Yarovaya»), Xristina («Ro’yxatlarda yo’q») va boshqalar shular jumlasidan. Shuningdek, Zaynab Sadriyeva ijodida qattiqqo’l, hukmini o’tkazishga o’ch ayollar obrazi alohida o’rin tutadi: Gavharshod begim («Mirzo Ulug’bek»), Tangabeka («Oy tutilgan tunda»), Hojiona («Boy ila xizmatchi») va boshqalar. Mumtoz asarlardagi Milfordxonim («Makr va muhabbat»), Gertruda («Hamlet»), Vassa, Glafira («Vassa Jeleznova», «So’nggi qurbon») kabi obrazlari ijtimoiy va psixologik jihatdan teran va tugalligi bilan ajralib turadi. Аyniqsa, Zaynab Sadriyeva yaratgan Farmonbibi («Kelinlar qo’zg’oloni») milliy bo’yoqlarga boyligi, hayotiyligi bilan katta muvaffaqiyat qozondi. U bir qancha filmlar, «Gang daryosining qizi» (Chata Patxayaxonim), «Suyunchi» (Аnzirat), «Аrmon» (oshpaz ayol) va boshqalarda ham suratga tushgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).
Yulduzlar
zaynab sadriyeva