rixsitilla abdullayev haqida rixsitilla abdullayev biografiyasi

rixsitilla abdullayev haqida rixsitilla abdullayev biografiyasi

Rixsitilla Nigmatullayevich Abdullayev 1978-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Rixsitilla Abdullayev 1995-yili Mannon Uyg‘ur nomidagi San’at institutining «Drama va kino aktyorligi» bo‘limiga o‘qishga kirdi. Keyinchalik, shu o‘quv dargohida magistirlik darajasini oldi. Milliy teatrda 1999-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

U ,»Bir koshona sirlarida» tansoqchi, «Adibning umri”da Botir, «Usmon Nosir»da Volodya, «Qirol Lir»da Osvald, «Qalliq o‘yin»da jarchi, «Taxti zar»da Klit, «O‘tgan zamon hangomalarida» soliqchi, «Yoz tuni g‘aroyibotlari»da Demetriy, «Sehrli tanbur»da tanburchi yigit, «Alisher Navoiy»da Alisher Navoiy, «Makr va muhabbat»da Ferdenand, «Rustam”da Boyto‘ra, «Uyqusiz kecha”da Botir, «Andishali kelinchak»da Arslonbek, «Dadajon demayman»da Alisher, «Chegara ustidagi uy»da diplomat, «Tun albatta o‘tadi»da Erino, «Uvaysiy»da Muhammadalixon, «Senga bir gap aytaman”da Bobosh, «Tili asalim”da Kuyov, «Faridaning dil daftari”da Kamron, «Etti faryod”da yigit, «Bir qadam yo‘l”da nabira, «Pirikoinont”da Misr shoxi, «Qirmizi olma”da Muhsin, «Muqaddas taxtizar”da Klit, «Halala»da Sharif kabi rollarini o‘ynadi.
U kino va videofilmlarda ham qator rollar ijro etdi. «Jahon otin», «Qadah», «Qirq tog‘ora», «Sevgi farishtasi», «Muhabbat sinovlari», «Kelgindi kuyov, «So‘g‘diyona», «Qora ko‘zlar», «Telba», «Sarob”, «Qalbaki dunyo”, «Xijron”, «Jigarbandim”, «Kaminaning oilasi”, «Ichkuev”, «Ayriliq”, «Shaddod qiz”, «Soddigina qizaloq”kabi filmlarda rollar yaratgan.
2010-yili «O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Yulduzlar
rixsitilla abdullayev