nilufar saidova haqida nilufar saidova biografiyasi

nilufar saidova haqida nilufar saidova biografiyasi

Nilufar Saidova 1977-yil 20-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani G’azalkent shahrida tavallud topdi. U A.Qodiriy nomidagi 3-maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq qo’shiq aytishga ishtiyoqi juda baland edi. Xattoki 9-sinfda o’qib yurgan vaqtida sinfdosh qizlar orasida «Qizlar» guruhini tashkil etadi. Maktab tadbirlarida ham birinchilar qatorida bo’lgan Nilufar G’azalkent shahrining Madaniyat saroyida 40-50ta qizlar o’rtasida o’tkazilgan qo’shiq aytish tanlovida yosh xonanda birinchi o’rin sohibi bo’ladi. Aynan shu yerda u bastakor Sultonali Raxmatov bilan tanishadi va u bilan ijod qiladi. 1995-yili u Toshkent Davlat San-at institutining musiqali drama aktyorligi fakultetiga o-qishga kiradi. Xonanda 20-yoshidayoq birinchi «Nilufar Saidova» degan albomini o’z muhlislariga havola etadi. Hozirgi kungacha u yana 15 ta musiga albomlarini, ikkita maqom diskini, o’ndan ortiq audi CD disklarini va 300dan ortiq qo’shiqlarni o’z muhlislariga havola eta oldi. 1999-yili u Sultonali Raxmatov bilan turmush quradi. 2000-yilda esa ularning oilasida Nozanin ismli qizchalari dunyoga keladi. Huddi shu yili Nilufar Saidova Toshkent Davlat San’at oliygohini tamomlaydi. 2000-yil xonanda uchun juda omadli keldi. U «Nihol» mukofotini qo’lga kiritadi. 2001-yil 24 yoshida O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan artist, 2004-yilda esa «Do’stlik» ordeni sohibi bo’ladi. 2004-yilda Nilufar Saidova «Istiqlol» saroyida ilk bor teatrlashtirilgan «Xayotni seving do’stlar» deb nomlangan konsert dasturini havola etadi.

Yulduzlar
nilufar saidova