Qo’shimcha axborot belgilari (yo’l qoidalari)

Qo’shimcha axborot belgilari (yo’l qoidalari)

7. Qo’shimcha axborot belgilari.


Qo’shimcha axborot belgilarining asosi oq rangda bo’lib, doimo boshqa belgilar bilan birga qo’llaniladi va ularning ta’sirini muayyanlashtiradi yoki cheklaydi.

uzsmart.ru

7.1.1-Manzilgacha bo’lgan masofa

Ushbu belgi:
ogohlantiradi belgilar bilan qo’llansa, xavfli joygacha bo’lgan masofani;
Imtiyoz belgilar bilan qo’llansa, belgining ta’siri qancha masofadan keyin imtiyoz yoki yo’l berish boshlanishini;
Taqiqlovchi belgilar bilan qo’llansa, qancha masofadan keyin yo’lning harakatlanishi taqiqlanganda qismi boshlanishini;
Axborot-ishora belgilari bilan qo’llansa, chorrahadan manzilgacha bo’lgan masofani ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.1.2-Manzilgacha bo’lgan masofa

Chorraha yoki kesishma oldida

2.5-To’xtamasdan o’tish taqiqlanadi
belgisi o’rnatilgan bo’lsa, 2.4-Yo’l bering
belgisi o’rnatilgan joydan chorraha yoki kesishmagacha bo’lgan masofani ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.1.3-Manzilgacha bo’lgan masofa

uzsmart.ru

7.1.4-Manzilgacha bo’lgan masofa

Ushbu belgilar chorrahadan, kesishmadan manzilgacha bo’lgan masofani ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.2.1-Ta’sir oralig’i

Ushbu belgi:
Ogohlantiruvchi belgilar bilan qo’llansa, yo’lning xavfli qismi qanchagacha davom etishini;
Taqiqlovchi belgilar bilan qo’llansa, ularning ta’sir oralig’ini;
Axborot-ishora belgilari bilan qollansa, 5.15, 5.18 belgilarining ta’sir oralig’ini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.2.2-Ta’sir oralig’i
belgining ta’siri saqlangan oraliqni ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.2.3-Ta’sir oralig’i

Belgi ta’sir oralig’i oxirini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.2.4-Ta’sir oralig’i
Haydovchilarga belgi ta’sirida ekanliklari haqida axborot beradi.

uzsmart.ru

7.2.5
Ta’sir oralig’i

uzsmart.ru

7.2.6-Ta’sir oralig’i
7.2.5, 7.2.6 — Maydon, binolar oldi va shunga o’xshash joylar chetida to’xtash va to’xtab turish taqiqlanganda belgining ta’sir oralig’i va yo’nalishni ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.3.1-Ta’sir yo’nalishlari

uzsmart.ru

7.3.2-Ta’sir yo’nalishlari

uzsmart.ru

7.3.3-Ta’sir yo’nalishlari
Ushbu (7.3.1, 7.3.2, 7.3.3) belgilar chorraha oldida o’rnatilgan taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot-ishora belgilari bilan qo’llanilib,ularning ta’sir yo’nalishini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.4.1-Transport vositasining turi

uzsmart.ru

7.4.2-Transport vositasining turi

uzsmart.ru

7.4.3-Transport vositasining turi

uzsmart.ru

7.4.4-Transport vositasining turi

uzsmart.ru

7.4.5-Transport vositasining turi

uzsmart.ru

7.4.6-Transport vositasining turi

uzsmart.ru

7.4.7-Transport vositasining turi
Yuqoridagi
Transport vositasining turi
belgilari asosiy belgilar bilan qo’llanilib, asosiy belgining ta’siri qaysi turdagi transportga taaluqli ekanini tasvirda surat orqali ko’rsatadi. Engil avtomobil surati tasvirlangan 7.4.3 belgi to’la vazni 3,5 tonnagacha bo’lgan yuk avtomobillariga ham taaluqli, yuk avtomobil surati tasvirlangan 7.4.1 belgi to’la vazni 3,5 tonnadan yuqori bo’lgan avtomobillarga tegishli.
Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini ko’rsatadi.
7.4.1 qo’shimcha belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to’la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo’lgan transport vositalariga, 7.4.3 qoshimcha belgisi esa engil avtomobillarga, shuningdek, to’la vazni 3.5 tonnagacha bo’lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.

uzsmart.ru

7.5.1-Shanba, yakshanba va bayram kunlari

uzsmart.ru

7.5.2-Ish kunlari

uzsmart.ru

7.5.3-Hafta kunlari
Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilishi ko’rsatilgan.

uzsmart.ru

7.5.4-Amal qilish vaqti
Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.5.5-Amal qilish vaqti

Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.5.6-Amal qilish vaqti
Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.5.7-Amal qilish vaqti
Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko’rsatadi.

Transport vositasini to’xtab turish joyiga qo’yish usuli
.

uzsmart.ru

7.6.1-Transport vositasini to’xtab turish koyiga qo’yish usuli
7.6.1 — barcha turdagi transport vositalarini to’xtab turish uchun yo’lning qatnov qismining, piyodalar yo’lkasi yonida qo’yish usuli.

uzsmart.ru

7.6.2-7.6.9-Transport vositasini to’xtab turish koyiga qo’yish usuli
7.6.1 dan 7.6.9 belgisigacha (7.6.9 o’zi ham)
To’xtab turish joyi
belgisi bilan qo’llanilib, engil avtomobillar va mototsikllarning trotuar yoniga qo’yish usulini ko’rsatadi.

To’xtab turish joyi
belgisi bilan qo’llanilgan 7.6.1 belgisi barcha turdagi transport vositasining to’xtab turish usulini ko’rsatadi.
7.6.2-7.6.9 piyodalar yo’lkasi yonidagi to’xtab turish joyiga engil avtomobil va mototsikllarni qanday qo’yish usuli.

uzsmart.ru

7.7-Yurgizgichni ishlatmasdan to’xtab turish joyi

Kasalxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, aholi zich yashaydigan va shunga o’xshash joylarda ekologiyani buzmaslik maqsadida
To’xtab turish joyi
belgisi bilan birga 7.7 belgisi qo’llanilib, to’xtab turish joyida faqat yurgizgichi ishlamayotgan transport vositalarining to’xtab turishiga ruxsat etilganini bildiradi.
5.15 belgisi bilan birgalikda qo’llanganda, to’xtab turish joyida faqat yurgizgichi ishlamayotgan transport vositalariga to’xtab turishiga ruxsat etilganini bildiradi.

uzsmart.ru

7.8-Pullik xizmat ko’rsatish joyi

To’xtab turish joyi pullik ekanini bildiradi.

uzsmart.ru

7.9-To’xtab turish muddati cheklangan

Do’kon, bozor va shunga o’xshash joylarda xaridorlarning to’xtab turish joyidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun
To’xtab turish joyi
belgisi bilan birga qo’llangan ushbu belgi to’xtab turish muddatini cheklaydi.
5.15 belgisi o’rnatilgan to’xtab turish joyida transport vositalari to’xtab turishining eng ko’p muddatini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.10-Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish joyi

To’xtab turishi (5.15) yoki dam olish joylarida (6.11) avtomobillaga mayda texnik xizmat ko’rsatish uchun estakada yoki ko’zdan kechirish ko’prikchasi bor ekanini bildiradi.
5.15 yoki 6.11 belgisi bilan ko’rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko’zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.

uzsmart.ru

7.11-To’la vazni cheklangan

Ushbu belgi ba’zi taqiqluvcho yoki buyuruvchi belgilar bilan qo’llanilib, to’la vazni qo’shimcha belgida ko’rsatilgan miqdordan ortiq bo’lgan transport vositalariga tegishli ekanini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.12-Xavfli yo’l yoqasi

Ta’mirlash ishlari belgisi bilan birga qo’llangan Ushbu belgi yo’l yoqasida yo’l ishlari olib borilayotganini, yo’ldan tashqariga chiqish xavfli ekanligini ko’rsatadi.
Yo’l ishlari bajarilayotgani sababli yo’l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogoxlantiradi, 1.23 belgisi bilan qo’llaniladi.

uzsmart.ru

7.13-Asosiy yo’lning yo’nalishi

ushb belgi asosiy yo’l yo’nalishi o’zgarganda
Asosiy yo’l
,
Yo’l bering
, to’xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi belgilari bilan qo’llanadi.
Chorrahada asosiy yo’lning yo’nalishini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.14-Harakatlanish bo’lagi
BU belgi asosiy belgilar yoki svetofor bilan birga qo’llanilib, ularning ta’siri qo’shimcha belgi ko’rsatadigan bo’lakka tegishli ekanligini bildiradi.

uzsmart.ru

7.15-Ko’zi ojiz piyodalar

Ushbu belgi
piyodalar o’tish joyi
-1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetafor bilan birga qo’llanib, haydovchiga piyodalar o’tish joyidan ko’zi ojizlar o’tishi mumkinligini bildiradi.
1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan qo’llaniladi, piyodalar o’tish joyidan ko’zi ojiz kishilar foydalanishi haqida ogohlantiradi.

uzsmart.ru

7.16-Nam qoplama

Yuqori tezlikning cheklanishi, eng kam oraliqning cheklanishi sabablarini ma’lum qilish uchun asosiy belgilar bilan birga 7.16-Nam qoplama
qo’shimcha belgisi qo’llaniladi.
Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo’lgan vaqtda ta’sir etishini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.17-Nogironlar
Asosiy belgilar bilan qo’llanilgan ushbu belgi asosiy belgi faqat nogironlarga tegishli ekanini bildiradi.

To’xtab turish joyi
belgisi
7.17
belgisi bilan qo’llansa, to’xtab turish joyi, faqat nogironlarga tegishli avtomobil yoki motokolyaskalarga taaluqli bo’ladi.
5.15 belgisi bilan qo’llanilsa, to’xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq Nogiron taniqliq belgisi o’rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko’rsatadi.

uzsmart.ru

7.18-Nogironlar mustasno

Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq
Nogiron
taniqliq belgisi o’rnatilgan transport vositalariga va motokajavalarga joriy etilmaydi.
Qoshimcha belgilar qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2-7.2.4, 7.13 qo’shimcha belgilari yo’lning, yo’l yoqasining, piyodalar yo’lkasining tepasiga o’rnatilgan belgining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtinchalik (ko’chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o’rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
Eslatma: Ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ishora yo’l belgilarining tagida mazkur yo’l belgisining ta’sir oralig’ini ko’rsatuvchi 7.2.1 qo’shimcha axborot belgisi o’rnatilgan bo’lsa, yo’l belgilarining ta’sir oralig’i oxirini ko’rsatuvchi yo’l belgisi o’rnatilishi shart emas.

Avto, Ypx Jarimalari
Qo’shimcha axborot belgilari