ato guruhi haqida ato guruhi biografiyasi

ato guruhi haqida ato guruhi biografiyasi

Ato guruhi 2004-yil tashkil topdi. A’lo FM radiosining ovoz rejissyorlari Shuhrat Kamalov va Shuhrat Nazarmuxamedovlar «Ato» guruhining solistlaridir.
Shuhrat Kamalov 1984-yil 3-noyabr kuni Toskent shahrida tavallud topdi. U Xamza tumanidagi 255-maktabda o’qidi. Maktabdan so’ng 2007-yilda O’zbekiston Davlat San’at institutining «Drama va kinoaktyorlik» fakultetiga o’qishga kiradi.
Shuhrat Nazarmuxamedov 1985-yil 16-fevralda Toshkent shahrida Qovg’a burji ostida tavallud topdi. U M.Ulug’bek tumanidagi 18-maktabni a’lo baholarga tamomlab, Texnologiya litseyida kompyuter dasturchisi fakultetida tahsil oladi. 2004-2008 yilgacha O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining ingliz tili filologiyasida tahsil oladi.
A’lo FM radiosi bosh muharriri Olimxo’ja Azimov tashabbusi bilan ish boshlagan ikki do’st «Chip va Deyl» guruhi nomi ostida faoliyat yuritadi. Bir oz muddatdan so’ng esa bastakor va shoira Shahnoz tomonidan guruh nomi o’zgaradi, ya’ni «Ato» deb nomlanadi. Bu nom esa «ato etdi», «yangilik» degan ma’noni anglatadi. Bu guruh ilk ijodini 2007-yil «Sevgini ayblamaylik» qo’shig’i bilan boshlashadi.
2016-yilda Ato guruhini Shuhrat Kamalov tark etadi. Oradan 1 yil o’tib, guruh o’z ijodini yakunlaydi.

Yulduzlar
ato guruhi