TRIMETABOL sirop
Trimetabol #Триметабол ?DORI SHAKLI : ? Ichga qabul qilish uchun suyuqlik. Kukuni bilan. ?TARKIBI ? — L-lizina gidroxlorid — Tiamina gidroxlorid ( vitamin B1), — Siprogeptadina atsefillinat. — L-karnitina gidroxlorid. —Piridoksina gidroxlorid ( vitamin B6). —Sianokobalamin ( vitamin B12) ?TA’SIRIGA KO’RA ? Ishtahani oshiruvchi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega. ?QO’LLANILISHI ? — Gormonal bo’lmagan anabolik vosita sifatida qabul qilinsa bo’ladi. Preparat gormon tarkibga ega emas ( gormon emas ). — Ishtahani oshiruvchi samarali ta’sirga ega . — Tinchlantiruvchi sedativ ta’sirga ega bo’lib , nerv hujayralarini faoliyatini yaxshilaydi. — Ko’pincha bolalarda ishtaha pasayib ketganda va ovqatlanish jarayoni buzilganda buyuriladi. — Organizmda oqsil , yog’ va uglevod almashinuvini yaxshilaydi. ?QO’LLASH USULI ? 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarga 2,5 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga 5 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi. 6 yoshdan va kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 maxal buyuriladi. Ovqatlanishdan 30 daqiqa yoki 1 soat oldin ichish kerak. Trimetabol suyuqligini oldida 3 gr massaga ega bo’lgan ichida kukun ko’rinishidagi paketcha bor. Shu paketchani trimetabol suyuqligi saqlangan shishaga solib chayqatib aralashtirasiz va qabul qilasiz. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Uyquchanlik, xolsizlik — Og’iz qurishi — Allergik reaksiya — Xira ko’rish kabi holatlar. — Tinchlantiruvchi ta’sir namoyon qilishi. ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — O’tkir buyrak va jigar yetishmovchiligida . — Glaukomada — 2 yoshdan kichik bo’lgan bolalarga buyurilmaydi. — Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas. — Prostata bezi gipertrofiyasida mumkin emas — Astma xurujlari — Piloroduodenal stenozda mumkin emas . Kichik yoshli bolalarda epilepsiya (sudorgi , tutqanoq ) kabi kasalliklar bo’lsa trimetabolni bermagan ma’qul . Boshqa xollarda berish mumkin. Chunki preparat yosh bolalarda markaziy nerv sistemasini faoliyatini stimullash ta’siriga ega. ?Qo’llash — retsepsiz ?Ishlab chiqaruvchi — Ispaniya @Farmakologiya_TTA @Kanal_mundarijasi ,,ТАБЛЕТКА » kanaliTRIMETABOL sirop
DO`STLARGA ULASHING:
?ADMIN MASLAHATI ?
TRIMETABOL sirop