SOCH PARVARISHIDAGI 6 TA XATO
? SOCH PARVARISHIDAGI 6 TA XATO ✅1. Noto‘g‘ri shampun tanlash. Shampun harid qilishda soch turi katta ahamiyatga ega. Noto‘g‘ri tanlangan mahsulot vaziyatni yomon tarafga o‘zgartirishi mumkin. ✅2. Sochlarni ko‘p yuvish. Sochlarningizni qancha vaqt oralig‘ida yuvishni quruq yoki yog‘liligiga va suv sifatini hisobga olgan holda o‘zingiz uchun belgilab oling. ✅3. Noto‘g‘ri suv harorati. Ko‘pchilik boshini issiq haroratdagi suvda yuvib qattiq xato qiladi. Qaynoq suv qazg‘oq paydo qilib, yog‘ bezi ishini kuchaytiradi. Eng ma’quli boshingizni iliq yoki sal issiq suvda yuvishdir. ✅4. Sochlarni noto‘g‘ri quritish. Boshingizni yuvgandan so‘ng, sochingizni suvi qolmaguncha sochiq bilan asta-sekin artib quriting. Sochiqni salla qilib o‘rab soch quritish, soch ildiziga zarar yetkazadi. ✅5. Sochlarni qattiq tarash. Bu xato sochlaringizni siyraklashishiga olib keladi. ✅6. Sochga sun’iy quritish, tekislash, jingalak qilish vositalarini ko‘p ishlatish. Ular sochdagi suyuqlikni bug‘lantiradi, natijada sochlar mo‘rt va quruq bo‘lib qolib to‘kiladi.SOCH PARVARISHIDAGI 6 TA XATO
DO`STLARGA ULASHING:
SOCH PARVARISHIDAGI 6 TA XATO