BREVEFLORA kapsulasi
Breveflora kapsulasi #Бревефлора капсуласи ?DORI SHAKLI : kapsula ?TARKIBI : ? 5 mlrd faol bakteriyalar shtammini saqlaydi. ?TA’SIRIGA KO’RA ? Probiotik vosita ?QO’LLANILISHI ? — Ichak mikroflorasini normallashtiradi. — Ichakda ko’pgina zararli bakteriyalar ko’payishiga to’sqinlik qiladi. — Ovqat hazm qiluvchi fermentlarni normal funksiyasini ta’minlaydi. — Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda virusli infeksiyalar oqibatida kelib chiqqan diareyani davolashda qo’llaniladi. — Chaqaloqlar , bolalar va kattalarda diareyani davolash uchun. — Chaqaloqlar , bolalar va kattalarda ichak mikroflorasini normallashtirish uchun va mikroflora buzilish oqibatidagi ovqat hazm qilish buzilishi kabi xolatlarda. — Antibiotiklar qabul qilish oqibatidagi diareyada qabul qilinadi. — Qorin bo’shligi va kichik tos a’zolarining nurli terapiya oqibatidagi diareyada qo’llaniladi. — Ichakni ta’sirlanish sindromida qo’llaniladi. — Sog’lom immun tizimni bir me’yorda tutib turish uchun qabul qilinadi. — Disbakteriozda qabul qilish buyuriladi. ?QO’LLASH USULI VA DOZASI ? Kattalar va 12 yoshdan kattalar uchun kuniga 1 — 3 kapsulagacha qabul qilish buyuriladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar esa kuniga 1 kapsuladan 1 — 2 marta qabul qilishlari mumkin. Chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun kuniga 1 kapsuladan 1 marta qabul qilish buyuriladi. Go’daklar yoki kapsulani yuta olmaydigan bolalarga kapsulani qobig’ini ochib , ichidagi kukunini osh qoshiqqa to’kib suv yoki sut bilan aralashtirib berishingiz mumkin. Kapsulani ovqatlanish vaqtida ovqat bilan bir vaqtda qabul qilgan ma’qul. ?NOJO’YA TA’SIRI ? Nojo’ya ta’siri kam bo’lib , biroz meteorizm ( qorin dam bo’lishi ) kuzatilishi mumkin. Preparatni qabul qilish to’xtatilsa o’tib ketadigan holat hisoblanadi. ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda. Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashib keyin qabul qiling. ?Qo’llash — retseptsiz ?Ishlab chiqaruvchi — Hindiston @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,,ТАБЛЕТКА » kanaliBREVEFLORA kapsulasi
DO`STLARGA ULASHING:
?ADMIN MASLAHATI ?
BREVEFLORA kapsulasi