BETASPAN DEPO ampulasi

Betaspan depo #Бетаспан депо ?DORI SHAKLI ? Ineksiya uchun suspenziya — 1 ml ampulada chiqariladi. ?TARKIBI ? Betametazon dipropionat va betametazon natriy fosfat . ?TA’SIRIGA KO’RA ? Glyukokortikosteroid vosita. Yalliglanishga , allergiyaga , shokka va toksik holatlarga qarshi vosita. ?QO’LLANILISHI ? — Suyak , mushak va yumshoq to’qima kasalliklarida. — Revmatoid artit va osteoartroz kabi bo’g’im va suyak kasalliklarida. — Bursitda , spondiloartrit va epikondilitda qo’llaniladi. — Allergik kasallikarda va bronxial astmada qo’llaniladi. — Mavsumiy rinitda va allergik bronxitda qo’llaniladi. — Teri kasakliklarida va dermatitlarning barchasida qo’llaniladi. — Kattalarda va bolalarda leykoz kasalligida qo’llaniladi. — Bo’g’im kasalliklarida qo’llaniladi. — Qizil yassi temiratkida va insulin ko’p qabul qilinganlik asorati hisoblangan lipodistrofiyada qo’llash mumkin. — Kistasimon husnbuzarda , kelloid chandiqlarda va psoriazda . — Radikulitda va bo’yin qiyshayishida qo’llash mumkin. — Yarali kolitda, kron kasalligida qo’llash mumkin. — Dori allergiyasi va hasharotlar chaqqandagi allergiyada qo’llash mumkin. ?QO’LLASH USULI VA DOZASI ? Preparatni mushak ichiga yuboriladi. Bo’g’im ichiga va teri ichiga ham yuborsa bo’ladi. Preparatni shifokor nazorati va maslahati bilan qo’llang. ?NOJO’YA TA’SIRI ? — Natriyning organizmda oshib ketishi . — Surunkali yurak yetishmovchiligi va qon bosimi oshishi kuzatiladi. — Pankreatit , me’da ichak yarasi kuzatilishi mumkin. — Menstrual siklning buzilishi kuzatilishi mumkin. — Glaukoma va angionevrotik shish kuzatilishi mumkin. ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda. — Miya shishida mumkin emas. — Virusli va bakterial kasalliklarda og’ir holatlarda mumkin emas. — Gastrit , ezofagit va me’da oshqozon ichak va 12 barmoq ichak yara kasalliklarida mumkin emas. — O’tkir va o’tkir osti miokard infarktida va yurak yetishmovchiligining og’ir shaklida mumkin emas. — Itsenko kushing kasalligida , tireotoksikozda va gipotireozda mumkin emas. — O’tkir va surunkali jigar va buyrak yetishmovchiligida mumkin emas. — Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas. — Vena ichiga yuborish mumkin emas. ?NARXI ? 5 ta ampulasi — 114 000 so’m ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,, ТАБЛЕТКА » kanali
BETASPAN DEPO ampulasi
DO`STLARGA ULASHING:
BETASPAN DEPO ampulasi