HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?

HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?
hdd va ssd farqlari afzalliklari va kimga qaysi biri kerak 65caf3ac69bdd

https static.t cdn.net 5ea3e4a6fccadd392f62a083 posts 5eeb0ff854a8c471823b1c08 5eeb0ff854a8c471823b1c08 17039

HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?

Mundarija скрыть
HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?
Dastlab, qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlaydi ko’rib chiqamiz:
HDD — ma’lumot saqlashda elektrga bog’liq bo’lmagan qattiq(жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan va bu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma’lumotlar o’qiladi.
SSD — ma’lumot saqlashda elektrga bog’liq bo’lmagan qattiq(твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U ma’lumotlarni flesh hotiralarda saqlaydi va mikrosxemalardan tashkil topgan. Fleshkaning ishlash prinsipiga o’xshaydi lekin undan tezroq va ishonchliroq.
Endi ularning farqlarini ko’rib chiqamiz:
? Tezlik. SSD HDD diskka qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo’lmaydi hammasi mikrosxemalarda bajariladi.
? Narx. HDD arzonroq, lekin SSD narxlari ham tushib bormoqda.
? Ishonchlilik. HDD’larda biror mexanik vaziyat(tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo’lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta(o’zimda ham bo’lgan), SSD disklar ham jaaa buldozer ? emas, ular ham buziladi, lekin biroz ishonchliroq.
? Shovqin. HDD disklarda metal listlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda listlar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.
?Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HHD disklarda esa metal listlarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.
? Hajm. Hajm bo’yicha ikkalasida ham muammo bo’lmasa kerak, har xil variantlari bor, lekin HDD’da variant ko’proq.
? Form faktor (tashqi ko’rinishi). SSD disklar HDD’ga qaraganda o’lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish ham qulay.
? Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta’sirlar bo’lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklar ma’lum bir marotabagacha yozish va o’qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, asosan serverlarda bu chegara muhimroq.
Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi biri kerakligini yozib o’taman:
✅ Gaymerlar, ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta kim o’z kompyuterida tez ishlashni hohlasa shular uchun SSD yaxshi variant.
✅ Katta hajmdagi video, kinolar saqlovchilar, arxiv ma’lumotlar bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma’lumotlarini saqlovchilar, asosan offis ishlari bilan shug’ullanuvchlar uchun ma’lumot saqlashda HDD’dan foydalanish mumkin.
✅ Optimal variant, aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun SSD qo’yib, qolganiga HDD qo’ysa bo’ladi yoki montaj ishlari uchun SSD qo’yib, qolgan dasturlarni HDD’ga yozish mumkin, bular endi ozingizning fantaziyangizga bog’liq.
? SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows’ni yuklasangiz HDD’da yuklanadigandan 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.
☝️Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, agar pulingiz bo’lsa istalgan odam uchun SSD qulay, bunda bitta farq ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda biroz o’ylash kerak(serverlarda), chunki SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.

afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?, HDD va SSD farqlari